Toşkent moliya institutining veb saytida joylaştirilgan Platonus elektron ta'lim dasturi, institutning Telegram kanali, institut fakultetlarining Telegram kanallari, YouTube kanalidagi institutning MOLIYA TV sahifasi orqali ta'lim jarayoni masofaviy şaklda davom ettirilmoqda.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati ma'lumotiga köra, Toşkent moliya institutining 21ta ta'lim yönalişi hamda 12ta magistratura mutaxassisliklarida öqitilayotgan 224ta fandan öquv adabiyotlari, öquv-uslubiy majmualar, mustaqil ta'lim topşiriqlari, mavzular böyiça taqdimotlar, masalalar töplami, keys stadi, nazorat savollari va boşqa öquv materiallari institutda faoliyat yuritayotgan 18ta kafedra professor-öqituvçilari tomonidan Platonus elektron ta'lim dasturiga joylaştirildi.
Ta'kidlanişiça, professor-öqituvçilar tomonidan öqitilayotgan fanlar böyiça tegişli mavzulardan videodarslar tayyorlanib, tizimga joylaştirilmoqda. Şuningdek tayyorlangan videodarslar YouTube kanalidagi institutning MOLIYA TV sahifasiga joylaştirilmoqda.
Şuningdek, 2019/2020-öquv yilining bahorgi semestrida talabalar bilimini onlayn test axborot tizimi orqali baholaş böyiça barça fanlardan testlar bazasi şakllantirilib, talabalarning fanlar doirasida özlaştiriş darajalari mazkur tizim orqali baholanişi rejalaştirilmoqda.

















