O‘zbekiston | 13:54 / 01.04.2020
10854
1 daqiqa o‘qiladi

Karantin qoidasini buzgan haydovchilar transporti karantin tugagandan so‘ng qaytarib beriladi – IIV

Ichki ishlar vaziri axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov karantin qoidalarini buzgan haydovchilarning transportlari karantin tugagandan so‘ng qaytarib berilishini ma'lum qildi.

«Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning 29-31 mart kunlari Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 1912ta holatda haydovchilar tomonidan turli ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar sodir etilgani aniqlangan. Ulardan 766tasi aynan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lib, qoidabuzarlarga tegishli 545ta avtotransport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchalariga joylashtirilgan.

Karantin qoidasini buzgan haydovchilarning transport vositalari jarima maydoniga joylashtirilganidan so‘ng, karantin cheklovlari tugamaguncha qaytarib berilmaydi», deya fuqarolarni ogohlantirdi u.

Eslatib o‘tamiz, 30 mart kunidan Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida shaxsiy transport vositasida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladi.

Mavzuga oid