«Olimpiya öyinlarining qoldirilişi nafaqat Özbekiston, balki butun dunyo sportçilari uçun ijobiy hol, deyiş mumkin. Sababi, koronavirus pandemiyasi sabab köplab lisenzion turnirlarning ötkaziliş sanasi özgartirildi yoki musobaqa butunlay bekor qilindi. Bekor qilingan lisenzion turnirlar esa sportçilarda norozilik kayfiyatini keltirib çiqarişi mumkin edi. Çunki musobaqa ötkazilmasa, Olimpiya öyinlari uçun litsenziyalar sportçilarning avvalgi natijalariga qarab bölib berilardi. Bu esa adolat tamoyili buzilişiga olib keladi.
Özbekistonlik sportçilar ham belgilangan litsenziyalarni töliq qölga kiritib ulgurişmagan edi. Masalan, hattoki boksçilarimiz ham 7ta yöllanmani naqd qilişgan va biz töliq tarkib bilan qatnaşa olmasdik. Bu esa natijalarga öz ta'sirini ötkazmay qolmasdi.
Qisqaça qilib aytganda, Olimpiya öyinlari qoldirilişi – sportçilarning yetarli darajada tayyorgarlik körişlari uçun qöşimça vaqt va imkoniyat degani. Ular yanada tajribaliroq bölib nufuzli turnirga borişadi.
Garçi, tört yillikning eng nufuzli musobaqasi keçiktirilgan bölsa-da, sport turlari böyiça jahon va qit'a çempionatlari, Xalqaro gran-pri turnirlari, qolaversa lisenzion musobaqalar vaqti-soati bilan yana davom ettiriladi. Şunday ekan, maşğulotlar ham davom etadi.
Olimpiya sport turlari böyiça Özbekiston milliy terma jamoalari a'zolari uçun barça öquv-maşğulot yiğinlari rasman 25 martdan vaqtinça töxtatildi. Har bir sport turi böyiça atletlarimiz uy şaroitida muntazam maşğulotlar olib borişmoqda. Ularning maşğulotlarni olib boriş jarayoni «tezkor ştab» tomonidan muntazam monitoring qilib borilmoqda», deya axborot berdi Eşmamatov.
- Tokioda Olimpiya öyinlari 24 iyuldan 9 avgustga qadar ötkazilişi rejalaştirilgandi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli 24 mart kuni turnirni keyinroqqa qoldiriş böyiça qaror qabul qilindi.


















