Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taxiatosh IESda ishlab chiqarish quvvatlari oshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash maqsadida, 3 aprel kuni Taxiatosh Issiqlik Elektr Stansiyasida (IES) 280 MVt quvvatdagi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi.
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Ushbu yirik investitsion loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi «Taxiatosh IESda 230-280 MVt quvvatga ega ikkita gaz-bug‘ qurilmalarini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bajarildi, deb xabar beradi «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati.

Loyiha zamonaviy ilg‘or texnologiyalar asosida Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Yangi bug‘-gaz qurilmasining ishga turilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash jarayonining yaxshilanishini ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
18:49 / 02.03.2026
Taxiatosh IES davlat ixtiyoriga qaytariladi
07:49 / 26.04.2021
«Taxiatosh» IES yirik yong‘in yuz bergani va qator hududlar «svet»siz qolgani haqidagi xabarni rad etdi
19:06 / 22.02.2021
«Taxiatosh» IESda ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi to‘liq quvvatga chiqarildi
12:25 / 18.06.2020