Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra  1 apreldan joriy qilingan yangi karantin çoralari doirasida yakka tartibdagi xayriya aksiyalari vaqtinça töxtatilgan edi.Bundan maqsad koronavirus pandemiyasi tarqalişi şaroitida keksa yoşdagi fuqarolarni ehtiyotlaş hisoblanadi.Yangi tartib böyiça ehtiyojmand kişilarga xayriya yordamlarini manzilli tarzda yetkaziş tadbirlari endilikda markazlaşgan tartibda taşkil qilinadi.Bu vazifani esa Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi qoşida taşkil qilingan Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazi amalga oşirmoqda.Xöş, biz nega bu tartibga yana qayta murojaat qilyapmiz? Gap şundaki, bir neça kundan buyon Kun.uz saytining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ijtimoiy yordamni oliş va uning şartlari borasida köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.Sayt muxbiri yetib kelayotgan savollarni tahlil qilgan holda ular orasida eng köp berilayotganlari böyiça Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva bilan blits-intervyu taşkil qildi.Uşbu suhbat orqali siz ijtimoiy yordamni oliş şartlari borasida eng kerakli ma'lumotlar bilan tanişasiz.

 Savol: Ijtimoiy yordam oliş uçun qayerga murojaat qiliş kerak?

 Javob: 11-97 raqami orqali Ma'lumot markaziga murojaat qilişingiz mumkin.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardan murojaat qiluvçilar Markazning hududiy Ma'lumot markazlari bilan töğridan-töğri boğlab beriladi. Şuningdek, hududiy boşqarmalarning tegişli raqamlari ham işlab turibdi.

 Savol: Ijtimoiy yordam kimlarga beriladi?

 Javob: Ijtimoiy yordam mahsulotlari mahallalardagi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksalar va nuroniylar, doimiy iş bilan band bölmagan aholi vakillari, şuningdek, karantin tufayli kunlik işga çiqa olmayotgan fuqarolarning oilalariga yetkazib beriladi.