Ta'kidlaş joizki, mazkur qonun loyihasi prezident Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi va Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi ijrosi doirasida işlab çiqilgan.
E'lon qilingan loyihada köpçilik fuqarolarning e'tirozlariga sabab bölayotgan “propiska” tuşunçasi örniga “röyxatdan ötkaziş” tuşunçasi kiritilmoqda.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçun Toşkent şahri va viloyatida köçmas mulkni olişda uşbu hududlarda doimiy propiskaga ega böliş hamda yangi qurilgan uylarning oldi-sotdi şartnomasini rasmiylaştiriş uçun davlat bojining alohida stavkasini tölaş haqidagi talablar bekor qilinmoqda.
Fuqarolarning birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlarini nafaqat özi doimiy röyxatda bölgan manzilga, balki egaligidagi boşqa uy-joyga ham doimiy röyxatga qöyiş huquqi nazarda tutilmoqda.
Boşqa hududlarda doimiy röyxatga olingan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining Toşkent şahri va viloyatida uyni umumiy mulk huquqi asosida oldi-sotdi, ayirboşlaş, hadya, renta, umrbod ta'minlaş şarti bilan boşqa şaxsga beriş, garovga (ipotekaga) qöyiş, köçmas mulkdan voz keçiş va köçmas mulkni özgaga berişning boşqa usullariga oid bitimlarni notarial tasdiqlaşda ham ijtimoiy norma töğrisidagi qoidalar inobatga olinişi lozimligi belgilanmoqda.
Doimiy propiska uçun er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yaşaş şarti va bir yil içida nikoh bekor qilinganda propiska yöqotilişi haqidagi qoidalarni qonunçilikdan çiqarib taşlaş közda tutilgan.
Ilgari Toşkent şahri va viloyatida doimiy röyxatga ega bölgan fuqarolar qaytib kelganda, ular uşbu hududlarda heç qanday qöşimça şartlarsiz qayta doimiy röyxatga olinişi













