Bu holatni istaganingizdek atang — xohlang dunyoni boşqarayotgan Kuç özining borligini bildirdi deng, xohlang bir davlat boşqasiga zarar yetkaziş uçun virus yaratdi deng, xohlang göyoki hamma narsaning sirini anglab yetgan ilm-fan ham ojiz qolgan koronavirus ehtiyotsizlik sabab qandaydir laboratoriyadan tarqab ketdi deng. Ammo bir narsa haqiqat — virus odamzotni qiynab qöydi.

Bunday vaqtda eng katta yuk davlat rahbarlariga, öz yurtining siyosatini yuritadigan insonlarga tuşadi. Fuqarolar uyda ötirib kasallik ötib ketişini kutişi mumkin, lekin davlat rahbarlari öz hayotini ehtiyotlaş bilan birga mamlakatni qiyin vaziyatdan olib çiqib ketiş haqida ham boş qotirişga majbur. Bunday inqiroz vaqtida ularning oldida bitta savol köndalang böladi: avval odamlarni qutqariş kerakmi yoki iqtisodiyotni?

VVS AQŞning katta iqtisodçilari amalga oşirgan suriştiruv asosida bu savolga javob izladi.

Karantin iqtisodiyotni öldirişi rostmi? Javob 100 yil avval «ispanka» vaqtida berilgandi

Köp davlatlar virusga qarşi iqtisodiyotga katta zarar berişini öylamay karantin bilan kuraşmoqda. Biznesni «sun'iy koma» holatiga tuşirib, karantin kiritişga şoşmayotganlar ham bor. Karantin çoralari jiddiy bölgan joylarda esa odamlarning norozi ohangdagi gaplari eşitilib turibdi. Ular doim uyda ötira olişmaydi.

Xöş, aslida kim haq: avval iqtisodiyotni qutqariş kerakmi yoki odamlarni?

Amerikalik olimlar guruhi bu savolga javob izlaş uçun yuz yil avval yuz bergan voqealarga murojaat qilişdi. Insoniyat uçun hozirgi kabi total karantin yangilik emas. Yuz yil avval ham odamlar şu kabi karantinda «ötirişgandi». Birinçi jahon uruşidan keyin «ispanka» nomi bilan atalgan gripp butun dunyoga tarqalgan va 50 million odam bu kasallikdan halok bölgandi. Öşanda sayyoradagi har uç odamdan biri «ispanka» bilan oğrigan va har öninçi odam uning qurboniga aylangan.

Xuddi hozirgi kabi 1918 yilda ham odamlar uydan çiqmaslikka undalgan, niqob taqiş majburiy bölgan va zavodlar yopilgandi. Öşanda ham karantin çoralariga e'tibor bermaganlar bölgan. Keyinçalik iqtisodiyotini emas, odamlarini qutqarişga oşiqqan davlatlar yutgani ma'lum böldi.

Boşlanişida hammaga qiyin bölgan, lekin gripp ötib ketgaç, jismoniy kontaktlarni çeklab, gigiyenaga e'tibor beriş orqali odamlarini saqlab qolişga e'tibor bergan davlatlar tezroq oyoqqa turdi.