Jahon | 08:40 / 07.04.2020
35718
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenkoning Belarusda karantin kiritmayotgani sababi tushuntirildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus tarqalishi ortida mamlakatda favqulodda vaziyat va karantin rejimlarini kiritishni istamayapti, chunki u “xalq uchun siyosiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan”.

Foto: RIA Novosti

Bunday fikrni shifokor va teleboshlovchi Yevgeniy Komarovskiy bildirdi.

Komarovskiyning aytishicha, hozirda barcha davlatlar Belarusdagi vaziyatni kuzatmoqda va “u yerda falokat yuz berishini orzu qiladi”.

“Chunki bu ularga misol bo‘lib xizmat qiladi: mana qarang, u yerda qanday qirg‘in, biz esa shovvozlar, bizda bu yo‘q”, deb aytgan mutaxassis Big Money shousi efirida.

Shifokor Belarus prezidenti tomonidan favqulodda vaziyat va boshqa qat'iy choralar kiritmaslik qarori birgina uning qarori bo‘lmaganini aytgan. “Uning oldida shifokorlar, epidemiologlar, fanlar akademiyasi bo‘lgan. Va ular Lukashenkoga maslahat berishganda, agar biror narsa noto‘g‘ri ketsa, terilari shilib olinishini bilganlar”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.

Koronavirus tarqalishi ortida aksariyat davlatlar xorijliklar uchun o‘z chegaralarini yopib, favqulodda vaziyat kiritdi. Belarus bu vaziyatda chegaralarni yopmagan, biroq respublikaga kelayotgan barcha transport ortidan nazoratni kuchaytirgan. Shuningdek, hukumat koronavirus avj olgan davlatlardan kelgan fuqarolarga  14 kun uyda karantinda qolishni buyurgan.

Lukashenko aprel boshida respublikada boshqa davlatlarga o‘xshab favqulodda vaziyat kiritishi va prezident saylovlari oldidan “o‘zini ko‘rsatishi” mumkinligini aytgan, biroq u “bu o‘yinlarni o‘ynashni” istamaydi. Uning ta'kidlashicha, Belarus pandemiyadan “sarosimaga tushmagan”.

Mavzuga oid