Vazirlik matbuot kotibi Avazbek Hojimetovning aytişiça, karantin davrida mehnat patenti tölovini vaqtinça keçiktiriş böyiça Rossiya Federatsiyasi hukumatiga nota yuborilgan.

«Rossiyada koronavirus infeksiyasi keng tarqalişining oldini oliş maqsadida 30 aprelgaça barça taşkilotlarning faoliyati töxtatildi. Natijada Rossiyadagi hamyurtlarimiz vaqtinça işsiz qolmoqda va bu holat ularning daromadlariga ham öz ta'sirini körsatyapti.

Şu sababli Taşqi işlar vazirligi Rossiya tomoniga mehnat patenti böyiça tölovlar muhlatini işlanmaydigan davr tugab, mehnat bozori tiklanguniça keçiktiriş, şu vaqt mobaynida mehnat muhojirlarini ma'muriy javobgarlikka tortmaslikni sörab rasmiy nota yubordi.

Hozirgi paytda mazkur masala Rossiya Federatsiyasining vakolatli organlari tomonidan körib çiqilmoqda», deya Avazbek Hojimetovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, vazirlik vakili Özbekistonga qaytiş maqsadida Novosibirsk aeroportida töplangan özbekistonliklarning haydab çiqarilişi holati böyiça izoh berdi.

«Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasi yordami bilan 2020 yil 22 mart kuni «Tolmaçevo» aeroportida bölgan Özbekistonning 253 nafar fuqarosining barçasi charter reys bilan qaytarilgan edi.

Respublika maxsus komissiyasining 30 martdan 20 aprelga qadar mamlakatimizdagi barça aeroportlarni vaqtinça yopiş va aviareyslarni töxtatiş töğrisidagi qarori qabul qilinganiga qaramay, Özbekiston fuqarolarining Novosibirsk aeroportiga kelişi davom etmoqda.

2020 yil 2 aprelda «Tolmaçevo» aeroporti rahbariyati tomonidan içki reyslar uçun elektron çiptaga ega bölgan yölovçilardan boşqa şaxslarning aeroportga kirişini çeklaş töğrisida qaror qabul qilindi. Şu kunning özida Boş konsulxona vakillari aeroportga kelib, barça 87 nafar özbekistonlikni hostelga joylaştirgan. Vaziyat nazoratga olingan, diplomatlarimiz ularning holidan xabar olib turibdi», dedi Avazbek Hojimetov AOKAda ötkazilgan brifingda.