Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasi axborot xizmatidan ma'lum qilişlariça, Qöşrabot tuman IIB xodimlari Ş.Zohidov va Ğ.Mamayevlar bu quvurlarni Qöşrabot tuman «Yuqori jöş» mahallasida yaşovçi fuqaro T.Ş. (1992 y.t.) kavlab olganini aniqlab, uning uyiga borgan.
T.Ş. bilan suhbat davomida şu mahallada yaşovçi, 1991 yil tuğilgan boşqa bir fuqaro X.N. kelib, xodimlarning faoliyatiga qarşilik qilib, ularni turli sözlar bilan haqorat qiladi.
IIB xodimlari haqorat qilgan fuqaroni Qöşrabot tuman IIBga olib borişganda, u IIB xodimlarini yana haqorat qilib, IIB binosining içki tomonidagi devorlarni, vaqtinça uşlab turiş xonasining eşigi va eşik romlarini tepib şikast yetkazadi.
Holat yuzasidan Qöşrabot tuman prokuraturasi tomonidan X.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi va 140-moddasi (Haqorat qiliş) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.

















