Olimlar: Koronavirus 92 daraja issiqda 15 daqiqa qizdirilgandagina to‘liq yo‘q bo‘ladi
Yangi laboratoriya tajribalari davomida koronavirusni to‘liq yo‘q qilishga imkon beruvchi harorat va bu harorat ta'sirining davomiyligi aniqlandi.
Olingan natijalar laboratoriyalarda mavjud dezinfeksiya standartlarini yanada mukammallashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ushbu natijalar ba'zi virusologlarning issiq havo kelishi bilan koronavirus tarqalishi sur'atlari pasayishiga umid qilishlarini shubha ostiga qo‘yadi.
Fransiyalik olimlar tajribalar davomida koronavirus zarralari Tselsiy bo‘yicha 60 darajagacha qizdirilganda o‘lmay qolishini bilishmoqchi bo‘lishgan. Bunday harorat ko‘plab laboratoriyalarda ba'zi viruslarni zararsizlantirishda qo‘llanadi. Aniqlanishicha, koronavirus unga 92 daraja harorat bilan 15 daqiqa davomida ta'sir qilingandagina to‘liq o‘ladi.
Olimlar koronavirusga 56°S harorat bilan yarim soat va 60°S harorat bilan bir soat davomida ta'sir qilishganda, virus zarralari tajriba namunalarida saqlanib qolgan. Tajribalar yashil maymun hujayralarida va steril muhitda o‘tkazilgan.
Ta'kidlanishicha, olingan natijalar virus havo isishidan qo‘rqmasligini, Shimoliy yarimsharga issiq havo kelishi bilan koronavirusdan kasallanish darajasi o‘z-o‘zidan pasayishi haqidagi ta'kidlar asosga emasligini anglatadi.
Mavzuga oid
08:30 / 25.10.2024
Sanepidqo‘mita sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerakligini tushuntirdi
16:14 / 18.10.2024
Dam olish kunlari harorat nisbatan ko‘tariladi
13:10 / 30.09.2024
Markaziy Osiyoda havo harorati o‘rtacha jahon darajasidan tezroq ko‘tarilmoqda
22:37 / 02.07.2024