Yaqin vaqtgacha yetakchi bo‘lib turgan Ispaniyada 157 ming, Italiyada 143 ming kishida koronavirus aniqlangan.
Shu bilan birga, Nyu-York shtatida o‘lim ko‘rsatkichi bu mamlakatlardagiga nisbatan kam – 7 ming kishi. Ispaniyada 15800, Italiyada 18200 kishi vafot etgan.
Epidemiya epimarkazi bo‘lgan Xitoyda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 83 mingga yaqin holat qayd etilgan, 3300dan ortiq kishi vafot etgan.
AQSh hududida jami 469 mingta holat qayd etilgan va 16700 kishi vafot etgan.
"9/11ga o‘xshaydi"

Nyu-Yorkda qatorasiga uchinchi kundirki bemorlar o‘limi rekord darajada bo‘lmoqda. O‘tgan chorshanba kuni bu yerda 799 kishi vafot etdi.
Shtat gubernatori Endryu Kuomoning ma'lum qilishicha, Covid-19 tashxisi bilan kasalxonaga keltirilayotgan bemorlar soni ikki kundan buyon pasaymoqda. Uning fikricha, bu joriy etilgan karantin choralari va ijtimoiy masofalanish natijasidir.
"Bu epidemiya – jamiyatni qamrab olgan va tasodifiy qurbonlarini shafqatsizlik bilan tanlaydigan shovqinsiz portlash, bularning barchasi 11 sentyabrdagiga o‘xshaydi", - dedi gubernator hozirgi vaziyatni 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlar bilan taqqoslab.
Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda komissiya rahbari Entoni Fauchi En-bi-si telekanaliga bergan intervyusida butun mamlakat bo‘yicha koronavirusdan 60 mingga yaqin kishi vafot etishi mumkinligini aytdi. Fauchi mart oxirlarida qurbonlar soni 100-200 ming kishi bo‘lishini taxmin qilgandi.
Chikagodagi otishmalar

Joriy etilgan karantin choralari sababli 42ta shtatda muhim bo‘lmagan sohalarda biznes to‘xtab qoldi, bu AQSh iqtisodiyotidagi eng yirik inqirozga olib keldi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, olti million amerikalik ishsizlik nafaqasi so‘rab murojaat qilgan. So‘nggi uch haftada ishsiz qolgan amerikaliklarning umumiy soni 16,8 mln kishini tashkil etadi.








