«Davlatimiz rahbarining yordami döst belarus xalqiga bugun butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşişda kömak beradi», – deyilgan xabarda.
Qayd etilişiça, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan şakllantirilgan yuk tarkibiga tibbiy niqoblar va qölqoplar, himoya kombinezonlari, antiseptiklar va koronavirusga qarşi kuraşişda zarur bölgan boşqa tibbiy vositalar kiritilgan.
Döstona yordam Özbekiston Mudofaa vazirligi samolyotida Minskka yetkaziladi.


Eslatib ötamiz, bunga qadar prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan Xitoy, Eron, Qirğiziston, Tojikiston va Afğonistonga ham insonparvarlik yordami yuborilgan edi.













