Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Şahnoza Ravşanova AOKAda ötkazilgan brifingda aholi bandligiga kömaklaşiş markazlari orqali tomorqadan foydalaniş uçun subsidiyalar oliş mumkinligi haqida ma'lum qildi.
«Buning uçun, dastlab, Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi tomonidan fuqaroning bandligi va tomorqa yer maydoni örganib çiqiladi. Söng unga yengil konstruksiyali issiqxonalar örnatiş, köçat va uruğlik yoki suğoriş vositalari xarid qilişi uçun «Tomorqa xizmati» MÇJ, Aholi bandlikka kömaklaşiş markazi va tomorqa yer egasi tomonidan 3 tomonlama şartnoma tuziladi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şahnoza Ravşanovaning ta'kidlaşiça, mana şu asosda fuqaroga bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigaça bölgan miqdorda subsidiya ajratiladi.
«Subsidiya bu – beğaraz yordam va uni qaytariş talab etilmaydi. Bunday turdagi subsidiyalarni fuqarolar faqat issiqxona quriş uçun emas, balki uruğlik, köçat sotib oliş uçun ham işlatişi mumkin», dedi Şahnoza Ravşanova.
Uning qöşimça qilişiça, aprel oyining özida işsiz va band bölmagan fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar örnatiş, uruğlik va köçatlar xarid qiliş uçun 20 ming şaxsiy tomorqa uçun 35,4 milliard söm miqdorida subsidiya ajratiladi.
Şuningdek, agar subsidiya olişda muammolar bölsa, vazirlikning (+71) 200-06-00 raqamiga murojaat qiliş söraladi.











