Buxoro viloyati Tödaköl suv havzasi hududida joylaşgan yozgi dam oliş maskanida yangi ekoturizm hududi taşkil etilib, plyaj zonasi yaratilişi rejalaştirilgan. Bu haqda viloyat turizmni rivojlantiriş departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda 15 gektar maydondan iborat bölgan mazkur hudud böylab yozgi dam oliş sayyohlik maskanini barpo etiş işlari olib borilmoqda.

Foto: Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati

“Jahon andozalariga javob bera oladigan yozgi dam oliş maskani loyihasining umumiy qiymati 3 mlrd sömni taşkil etib, uning faoliyati yölga qöyilişi natijasida yana 150 nafar iş örni yaratilişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, uşbu sayyohlik obekti plyaj, basseyn, akvapark, mini Disneylend, 50 öringa möljallangan mehmonxona, dam oliş ayvonlari, restoran, yozgi terassa, Spa salon, tabiat qöynidagi öyingoh, tibbiyot burçagi, soğlomlaştiriş maskani, sport öyingohi, avtoturargoh va maxsus suv transportlari kabi qator qöşimça xizmatlarni öz içiga olib, bunda taşrif buyuruvçilar uçun oçiq osmon ostida ötkaziladigan bir-biridan qiziqarli konsert va şou dasturlari ayni muddao bölişi şubhasiz”, - deyiladi xabarda.

Foto: Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati

Ta'kidlanişiça, 7 ming tup manzarali daraxtlar ekiş möljallangan hududda hozirga qadar 3 ming tup köçatlar örnatilgan va plyaj obekti böylab tabiiy çim-maysalar yotqizilgan.