Özbekiston Respublikasi prezidenti “Yovvoyi holda ösuvçi dorivor ösimliklarni muhofaza qiliş, madaniy holda yetiştiriş, qayta işlaş va mavjud resurslardan oqilona foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qişloq xöjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligining 2020 yil 1 maydan boşlab dorivor ösimliklarni yetiştiriş, saqlaş, birlamçi yoki çuqur qayta işlaş klasterlarini taşkil etiş, şuningdek, hududlarni dorivor ösimliklar yetiştiriş böyiça ixtisoslaştiriş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.

Dorivor ösimliklarni yetiştirişga ixtisoslaştiriladigan hududlar röyxati tasdiqlandi.

Belgilab qöyilişiça:

a) dorivor ösimliklar klasteriga yer maydoni Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari va taşabbuskorlar örtasida tuziladigan bitim asosida ajratiladi;

b) xorijiy investorlar iştirokida taşkil etiladigan dorivor ösimliklar klasteriga yer maydoni Qişloq xöjaligi vazirligi, örmon fondi yerlarida esa Örmon xöjaligi davlat qömitasi bilan tuziladigan investitsiya kiritiş töğrisidagi şartnoma imzolangandan söng Vazirlar Mahkamasi tomonidan ajratiladi.

Bunda, dorivor ösimliklar klasterlariga yer maydoni dorivor ösimliklar yetiştirişga mos bölgan, yuridik va jismoniy şaxslarga ajratilmagan va qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlardan, zaxiradagi yerlardan, şuningdek, lalmi va örmon fondi yerlaridan ajratiladi;

v) dorivor ösimliklar klasterini taşkil etadigan taşabbuskor tomonidan tegişli ravişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari va Qişloq xöjaligi vazirligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

dorivor ösimliklar klasterini taşkil etiş böyiça ariza;

dorivor ösimliklar klasteri faoliyatini taşkil etişda dorivor ösimliklarni yetiştiriş, muhofaza qiliş, qayta işlaş va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosnoma;

dorivor ösimliklar klasterining faoliyat yuritişi uçun zarur infratuzilma obektlari (foydalaniş huquqi asosida), şuningdek, mol-mulk va boşqa vositalarning mavjudligi haqida ma'lumotnoma.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar hokimlari dorivor ösimliklar klasterlarini taşkil etişda iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zarur infratuzilma obektlari, şuningdek, mol-mulk va boşqa vositalarga ega bölgan salohiyatli yuridik şaxslarni tanlaş va şakllantirişga şaxsan mas'ul hisoblanadi.