U “Şifobaxş” dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş markazi negizida Örmon xöjaligi davlat qömitasi huzurida davlat muassasasi şaklida taşkil etiladi. 

Norma’ning yozişiça, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • dorivor ösimliklarni ilmiy asosda yetiştiriş va qayta işlaş, ulardan oqilona foydalanişning yagona strategiyasini şakllantiriş va amalga oşiriş;
  • respublika hududidagi yovvoyi holda ösuvçi dorivor ösimliklar areallarini örganiş va zaxiralarini aniqlaş, mavjud bioresurslar genofondini saqlaş, onalik plantatsiyalarini taşkil etiş;
  • uruğlik materiallarini yetiştiriş va tayyorlaş, köpaytiriş, kolleksion köçatxonalar taşkil etiş hamda ularning xomaşyolarini qayta işlaş bilan boğliq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib boriş;
  • dorivor ösimliklarni muayyan tuproq-iqlim şaroitini hisobga olgan holda madaniy holda yetiştirişni yölga qöyiş böyiça aniq ilmiy asoslangan takliflar işlab çiqiş;
  • tuproq-iqlim şaroitlarini hisobga olib, madaniy holda yetiştiriladigan dorivor ösimliklarning agrotexnologik xaritalarini Qişloq xöjaligi vazirligi va Örmon xöjaligi davlat qömitasi buyurtmasiga köra işlab çiqiş;
  • dorivor ösimliklar kimyoviy tarkibini örganiş, mahsulotini standartlaş va sertifikatlaş;
  • dorivor ösimliklarga bölgan içki va taşqi bozorlar talabini örganiş böyiça marketing tadqiqotlarini ötkaziş;
  • dorivor ösimliklar yetiştiruvçi va qayta işlovçi fermer xöjaliklari, taşkilotlar va boşqa sub'yektlar rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oşirib borişga yönaltirilgan dasturlarni tayyorlaş va öqitiş tizimini taşkil etiş.

Markaz taşqi va içki bozor talablari hamda marketing natijalaridan kelib çiqib, har yili 1 iyunga qadar dorivor ösimliklar ekinlarini joylaştiriş böyiça Qişloq xöjaligi vazirligiga va Örmon xöjaligi davlat qömitasiga takliflar kiritişga haqli. Dorivor ösimliklarni töplaş (ğamlaş), ularni olib kiriş va taşqariga olib çiqişga ruxsatnomalar berganlik, arizalarni körib çiqqanlik uçun undirilib, mahalliy budjetga yönaltiriladigan tölovlarning 20 foizi Markaz tomonidan tabiiy holda ösuvçi, şu jumladan, yöqolib borayotgan dorivor ösimliklarni saqlaş, xatlovdan ötkaziş, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratiş, onalik köçatzorlarini taşkil etiş, dorivor ösimliklarni yetiştirişga doir texnologik xaritalar işlab çiqiş xarajatlarini qoplaş uçun yönaltiriladi.
 
Markaz Davlat budjeti, Örmon xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari, xizmat körsatiş va özi yetiştirgan dorivor ösimliklarni sotişdan tuşadigan va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi. Markazda respublikada ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi xodimlarning lavozim maoşiga qöşimça haq tölaş tizimi joriy etiladi. Bunda qöşimça haq belgilanişi bilan boğliq xarajatlarni moliyalaştiriş Örmon xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi hamda xöjalik faoliyatidan tuşadigan mablağlar hisobidan amalga oşiriladi.