Norma’ning yozişiça, prezident qaroriga muvofiq markaz asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
- dorivor ösimliklarni ilmiy asosda yetiştiriş va qayta işlaş, ulardan oqilona foydalaniş yagona strategiyasini şakllantiriş va amalga oşiriş;
- yovvoyi holda ösuvçi dorivor ösimliklar areallarini örganiş va zaxiralarini aniqlaş, mavjud bioresurslar genofondini saqlaş, onalik plantatsiyalari taşkil etiş;
- uruğlik materiallarini yetiştiriş va tayyorlaş, köpaytiriş, kolleksion köçatxonalar taşkil etiş hamda ular xomaşyolarini qayta işlaş bilan boğliq ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib boriş;
- dorivor ösimliklarni muayyan tuproq-iqlim şaroitlarini hisobga olgan holda yetiştirişni yölga qöyiş böyiça aniq ilmiy asoslangan takliflar işlab çiqiş;
- tuproq-iqlim şaroitlarini hisobga olib madaniy holda yetiştiriladigan dorivor ösimliklar agrotexnologik xaritalarini Qişloq xöjaligi vazirligi va Örmon xöjaligi davlat qömitasi buyurtmasiga köra işlab çiqiş;
- dorivor ösimliklar kimyoviy tarkibini örganiş, mahsulotini standartlaş va sertifikatlaş;
- dorivor ösimliklarga bölgan içki va taşqi bozorlar talabini örganiş böyiça marketing tadqiqotlari olib boriş.
Dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş ilmiy-işlab çiqariş markazi töğrisidagi nizomda quyidagilar belgilangan:
- markaz maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
- markaz huquqlari va majburiyatlari, şuningdek faoliyatini taşkil etiş tartibi;
- markaz faoliyatini moliyalaştiriş, markazga tuşadigan mablağlarni yönaltiriş va xodimlarini moddiy rağbatlantiriş tartibi.












