Tabiiy holda ösuvçi dorivor ösimliklarni muhofaza qiliş va madaniy holda yetiştiriş, qayta işlaş va mavjud resurslardan oqilona foydalanişni integratsiyalaş çora-tadbirlari qabul qilinadi.

Muhokama uçun e'lon qilingan prezident qarori loyihasiga köra, Qişloq xöjaligi vazirligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligining 2020 yildan boşlab dorivor ösimliklar yetiştiriş, saqlaş, birlamçi yoki çuqur qayta işlaş klasterlarini taşkil etiş;

Qişloq xöjaligi vazirligi huzurida Dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaşni rivojlantiriş ilmiy-innovatsion markazi hamda uning tarkibida zamonaviy xalqaro standart talablariga mos laboratoriyani taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyat hokimlari:

dorivor ösimliklar klasterlarini taşkil etişda iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zaruriy infratuzilma obektlari, şuningdek, mol-mulk va boşqa vositalarga ega bölgan salohiyatli yuridik şaxslarni tanlanişiga;

taşkil etilayotgan klasterlarga tuproq-iqlim şaroitlari, suv ta'minoti, içki va taşqi bozorlardagi talablarini inobatga olgan holda dorivor va ziravor ösimliklar joylaştirişga mos yer maydonlari ajratilişiga şaxsan javobgar ekanligi qayd etilgan.

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda respublikada mavjud dorivor ösimliklar genofondini saqlab qoliş, noyob dorivor ösimliklarni muhofaza qiliş, ularni plantatsiyalarda köpaytiriş, dorivor ösimliklar tarkibini aniqlaş va tayyor mahsulotlarni sertifikatlaş işlarini samarali taşkil etiş;

tibbiyotda rasmiy qöllaniladigan dorivor ösimliklar kolleksiya uçastkasi va genbankini taşkil etiş;

dorivor va ziravor ösimliklarni yetiştirişga doir texnologik xaritalar va tavsiyanomalar işlab çiqiş;

dorivor va ziravor ösimliklar va ular asosidagi biologik faol qöşimçalarni sertifikatlaş hamda dorivor ösimliklar yetiştiruvçi, qayta işlovçi va boşqa sub'yektlarga pullik xizmatlar körsatiş;

ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş va ötkazişda laboratoriya sinovlarini amalga oşiriş;