Özbekiston prezidentining topşiriğiga asosan Ozarboyjon Respublikasiga koronavirus COVID-19 kasalligi tarqalişini bartaraf etiş uçun zarur bölgan tibbiy buyumlar va vositalar bilan ta'minlaşda amaliy yordam körsatiladi.

Vazirlar Mahkamasining farmoyişiga köra, Ozarboyjon Respublikasiga tibbiy buyumlar va vositalar şaklidagi insonparvarlik yordami yuboriladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boşqariş qömitasining “Markaziy” davlat korxonasi insonparvarlik yordami yukini şakllantiriş punkti etib belgilandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki yetkazib berilişi uçun mas'ul etib belgilandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yukini yetkazib beriş işlari muvofiqlaştirilişini ta'minlaydi, şu jumladan uni töplaş va jönatiş punktiga yetkazib beriş uçun zarur avtotransport vositalarini ajratadi.

Insonparvarlik yordami yukini tezkorlik bilan taqsimlaş maqsadida “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi tomonidan insonparvarlik yordami yuki qadoqlanib, uning bir kun muddatda şakllantiriş punktiga yetkazib berilişi inobatga olinadi.

Transport vazirligi insonparvarlik yukini Ozarboyjon Respublikasiga yetkaziş uçun belgilangan tartibda yuk havo kemasini ajratadi.

Belgilanişiça:

insonparvarlik yordami yukining tannarxi, uni qadoqlaş, şakllantiriş punktiga hamda belgilangan manzilga yetkazib beriş bilan boğliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasi hisobidan;

insonparvarlik yukini taşiş böyiça transport xarajatlari Transport vazirligi hisobidan qoplanadi.

Bunda, Transport vazirligining insonparvarlik yukini taşiş bilan boğliq moliyaviy zararlari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasi hisobidan qoplanadi.

Taşqi işlar vazirligi Özbekiston tomonining insonparvarlik yordami körsatiş niyati töğrisida Ozarboyjon Respublikasi Taşqi işlar vazirligini belgilangan tartibda xabardor qiladi, şuningdek, insonparvarlik yuki yetkazib beriladigan punktni va uni topşiriş bilan boğliq boşqa taşkiliy masalalarni kelişadi.

Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boşqariş qömitasi farmoyişga muvofiq davlat zaxiralaridan çiqarilgan moddiy boyliklarning örni belgilangan tartibda töldirilişini nazarda tutadi.