«Adolat» SDP a'zosi bo‘lgan deputat «Ijarada yashayotgan va kundalik daromadga qarab qolgan aholiga qanday yordam beramiz?» sarlavhali maqolasida homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali aholiga yetkazilayotgan mahsulotlarni taqsimlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ehtiyojmand oilalar qatlamini aniqlab olish zarurligi haqida gapirgan.

«Hozirda uch toifadagi oilalar eng qiyin davrni boshidan o‘tkazmoqda. Birinchi toifa – bu o‘z uy-joyiga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar hisoblanadi. Chunki ular daromad topadimi-yo‘qmi, ijara va kommunal to‘lovlarni har oy to‘lashga majbur. Karantin davrida esa ularning aksariyati ishsiz qolishdi. Ammo ijara to‘lovlarini to‘lamasa, boshpanasiz qolishi ham hech gap emas. Eng yomoni, ularning aksariyatida o‘zlari yashayotgan joyida «propiska»si bo‘lmaydi. Tabiiyki, mahalladan olinadigan moddiy yordam yoki oziq-ovqat mahsulotlar olish imkoniyati cheklanadi.

Ikkinchi toifa - faqatgina chet elda ishlayotgan oila a'zosining daromadiga qarab qolgan oilalar. Sababi bugun aholimizning aksariyat qismi ishlayotgan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda ham karantin e'lon qilingan. O‘z-o‘zidan ushbu davlatlarda mehnat qilish imkoniyati anchagina pasaygan yoki butunlay to‘xtagan. Tabiiyki, ular oilasiga jo‘natayotgan mablag‘lar qisqardi yoki umuman to‘xtadi. Bundan tashqari, daromadsiz qolgan o‘zga yurtdagi fuqarolarimiz ijara haqi va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lashga to‘g‘ri keladi. Ularning oila a'zolari karantin sharoitida mablag‘siz qolmoqda. Boisi ular na kam ta'minlangan oilaga, na yetarli ta'minlangan oilaga kirishadi.

Uchinchi toifa - kundalik daromadga asoslangan ishlarni qilib yurgan vatandoshlarimiz. Ya'ni kafe, restoranlarda ishlayotgan xodimlar yoki bo‘lmasa kirakashlik bilan shug‘ullanib tirikchilik qilib yashayotgan fuqarolarimiz. Karantin sharoitida ularning mehnat qilish imkoniyati cheklangani bois o‘z ro‘zg‘orini tebratishda ancha qiynalmoqdalar. Agarda karantin davri cho‘ziladigan bo‘lsa, fuqarolarimizning ushbu qatlami yanada qiynalishi aniq», deydi deputat.

U shuningdek, o‘zi sanagan uch toifa oilalarga zaruriy oziq-ovqat yetkazish bilan birlamchi ehtiyojni to‘liq qoplab bo‘lmasligini ta'kidlaydi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator takliflarni ilgari surgan. Birinchi navbatda joylardagi hokimliklar mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali yuqoridagi toifalarga mansub oilalarni «propiska»sidan qat'i nazar alohida ro‘yxatini shakllantirishi kerakligini ta'kidlagan.

«