“Koronavirus kasalligini keltirib çiqaruvçi tabiiy manba – bu körşapalaklar. Körşapalaklarning COVID-19’ni çaqiradigan turi Özbekiston hududida uçramaydi. Odamlarimiz ham ular bilan muloqotda bölmaydi, lekin şu narsani yodda tutişimiz kerakki, uy hayvonlari ham örtadagi vosita bölib qolişi mumkin.

Qolaversa, uy hayvonlaridan juda köp: exinokokkoz, iyersinioz, parazitar kasalliklar, gijja kasalliklari hamda yuqumli içak kasalliklari yuqişi mumkin. Şu nuqtai nazardan SSV tomonidan fuqarolarning mobil telefonlariga yuborilayotgan xabarlar şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etgan holda yaşaş tarzini joriy qiliş böyiça tavsiya hisoblanadi.

Şu örinda bir narsani aytmoqçimanki, hozirgi karantin davrida oziq-ovqat mahsulotlarini sotiş, tayyorlaş bilan şuğullanadigan umumiy ovqatlaniş şoxobçalari faoliyati vaqtinça töxtatilgan. U yerlardagi qoldiq ovqatlarni yeb, yaşab yurgan daydi hayvonlar ham köçaga çiqib ketdi. Şu sababli aholi punktlarida daydi it-muşuklarning köpayiş holatlari uçramoqda. Aholi yaşaş punktlaridagi epidemiologik vaziyatning barqarorligini ta'minlaş köp jihatdan fuqarolarimizning öziga boğliq. Agar şunday daydi, qarovsiz qolgan hayvonlarni körişsa, bu haqda tumanlarda joylaşgan it tutiş brigadalariga zudlik bilan murojaat qilişlarini söraymiz. Çunki daydi hayvonlar, ayniqsa, itlardan öta xavfli yuqumli kasallik – quturiş kasalligi yuqişi mumkin”, deya Bahrom Almatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq Boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusning uy hayvonlariga yuqiş-yuqmasligi borasida ma'lumot berib, uy hayvonlarida ham koronavirus alomatlariga öxşaş kasalliklar uçrab turişi, lekin hozirga qadar COVID-19 odamlardan hayvonlarga, hayvonlardan odamlarga ötganini tasdiqlovçi heç qanday ma'lumot yöqligini aytgan edi.

Virusning asl taşuvçisi körşapalaklar bölib, kemiruvçilar yoki boşqa ba'zi turdagi hayvonlar oraliq turdagi taşuvçi vazifasini bajargan bölişi mumkinligi, Uhandagi hayvon bozori virus hayvonlardan odamga yuqqan hududga aylangani haqida fikrlar örtaga taşlangandi.

Fevral oyida Xitoy hukumati COVID-19 xastaligini keltirib çiqaruvçi koronavirus epidemiyasining oldini oliş maqsadida, yovvoyi hayvonlar göştini sotiş va yeyişni taqiqlagan, aprelga kelib it va muşuklarni yeyiş taqiqlangandi