Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi 7-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi
7-sonli shifoxona va 8-sonli oilaviy poliklinika shifokor va bemorlari bilan karantinga yopildi.
Bugun, 14 aprel kuni AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Bosh davlat sanitariya inspektoriga Toshkent shahridagi 17-sonli shifoxona (hozirda 7-sonli shahar klinik shifoxonasi) va 8-sonli oilaviy poliklinika shifokor va bemorlari bilan karantinga yopilgani to‘g‘risidagi xabarlar haqida savol berildi.
“Ha, to‘g‘ri. 17-shahar klinik kasalxonasi va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi”, - deya javob qaytardi Nurmat Otabekov.
Bundan oldin, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 1054taga yetgani xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq ilk holat 15 mart kuni qayd etilgandi. 13 aprel kuni kunlik zararlanish holatlari bo‘yicha rekord natija qayd etildi - 133 holat.
Shu vaqtgacha 85 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
08:35 / 13.05.2026
Sanepidqo‘m: O‘zbekistonda hantavirus bo‘yicha vaziyat barqaror
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026