Qöşma Ştatlar COVID-19 yuqiş holatlarini nazorat etiş borasida hozirça yetarli imkoniyatlarga ega emas, şu bois pandemiya sababli kiritilgan sanitariya çeklovlarini bekor qilişga hali erta. Bu haqda AQŞ allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauçi Associated Press agentligiga bergan intervyusida aytdi.
"Bizga tölaligiça suyaniş mumkin bölgan samaraliroq narsaga ega böliş talab qilinadi. Ammo bunga hali erişmadik", - AQŞning boş infeksionisti.
U AQŞ ma'muriyatining may oyi boşida butun mamlakatda yoki bir neçta ştatda sanitariya çeklovlarini bekor qiliş umidini "judayam optimistik" dedi.
"Ortga qadam taşlaşimiz bilan infeksiya yana tarqalişni boşlaşiga kafolat beraman", - dedi Fauçi.
Oq uy milliy iqtisodiy kengaşining rahbari Lourens Kadlou Fox Business telekanaliga bergan intervyusida AQŞ prezidenti Donald Tramp yaqin ikki kun içida mamlakatda koronavirus pandemiyasi natijasida töxtab qolgan korxonalarning faoliyati qayta tiklanişi borasida muhim bayonot bilan çiqişini aytdi.
"Bir neça kun içida prezident bu borada muhim bayonot bilan çiqadi. Biz xalq, örta sinf, oilalar, kiçik korxonalar xavfsizlikni ta'minlaş şaroitida imkon boriça tezroq işga qaytişini istaymiz", - dedi Kadlou.
Avvalroq AQŞ moliya vaziri Stiven Mnuçin ma'muriyat koronavirus tarqalişi sababli mamlakatda joriy etilgan sanitariya çeklovlarini 1 maydan bekor qiliş imkoniyatini körib çiqayotganligini ma'lum qilgandi.
Jons Hopkins universitetining ma'lumotiga köra, AQŞda koronavirusga çalinganlar soni 584 mingdan oşgan, 24 mingdan ortiq kişi vafot etgan.

















