Mutaxassisning ta'kidlashicha, subsidiya va arzon uy-joylar bir-biriga umuman aloqasi yo‘q bo‘lgan tushuncha bo‘lib, subsidiyalarga tegishli farmon chiqqanidan so‘ng arzon uy-joylar dasturi bekor qilinmagan.

Subsidiya o‘zi nima?

Subsidiyalar – daromadi yuqori bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat budjetidan to‘lanadigan va qaytarib berilmaydigan mablag‘lar.

Boshlang‘ich badal – bu birlamchi bozordagi (yangi qurilgan) uy-joylarni sotib olish uchun ajratiladigan pullar. Shahar va qishloq joylarda ularning qiymati har xil bo‘ladi.

Subsidiya, shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha foizlarni qoplash uchun ham berilishi mumkin.

Bunda:

qishloq joylarda – birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun – 10 foizlik punktdan oshgan qismiga;

Shaharlarda (shu jumladan, Toshkent shahrida ham) – dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida;

Toshkent shahrida birinchi besh yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun – 12 foizlik punktdan oshgan qismiga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

Har bir hududda quriladigan uy-joylar sonidan kelib chiqib, yil davomida ajratiladigan subsidiyalar miqdori haqida Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi hamda tegishli hokimliklari tomonidan ommaviy axborot vositalarida ma'lumot beriladi.

Subsidiya olish uchun arizani davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali elektron tarzda berish mumkin.

Subsidiya olish uchun