Jasurbek Yaxşiboyev
Klubi: «Energetik-BGU» («Paxtakor»dan ijara asosida)
Fuqaroligi: Özbekiston
Yoşi: 22 yoş
Pozitsiyasi: çap qanot hujumçisi
Belarus Oliy ligasi-2020: 4 öyin, 3 gol, 1 assist
Transfer narxi: 300 ming yevro.
«Özbek legioneri ehtimol mavsumning asosiy kaşfiyotiga aylandi. Toşkentning «Paxtakor» klubidan ijara asosida «Energetik-BGU» safiga kelib qöşilgan futbolçi Özbekiston olimpiya jamoasi tarkibida Osiyo çempionatida töp surgani bois, yangi klubining yanvar oyidagi yiğinini ötkazib yuborganiga qaramay, mavsumni ajoyib tarzda boşladi.
Yaxşiboyev – klassik hujumkor vinger. Tezkor, texnikali, raqibini aldaşdan qörqmaydi, katta tezlikda töpni özida yaxşi saqlay oladi, ikki qanot va markazdan kuçli zarbalar yöllay oladi. Yana bir muhim jihati juda sovuqqon futbolçi. BATE bilan öyinda himoyaçi va darvozabonni sovuqqonlik bilan doğda qoldirib, gol urgani e'tiborga molik. Yaxşiboyev öz jamoasining 6ta golidan 5tasida iştirok etgani ajoyib natija.
Uni kimdir allaqaçon yangi Riyod Mahrez deya atamoqda. RPL klublari bunday iqtidorni qöldan boy bermang!», - deyiladi rus naşrida Jasur Yaxşiboyev haqida.
Ma'lumot uçun, özbekistonlik yarimhimoyaçi 3-turdan keyin 3ta gol bilan Belarus Oliy ligasi töpurarlari safida bormoqda.

















