Şu munosabat bilan, Özbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining hammuassisi Bennet Friman, Işçilar huquqlari böyiça Xalqaro Forumning ijroçi direktori Judi Gerxard, Cotton Campaign koordinatori Ellison Gillga mamlakatda işlab çiqarilgan paxtadan foydalaniş uçun boykotni olib taşlaşni sörab murojaat qildi.
N.Husanovning aytişiça, Özbekiston hukumati koalitsiya kömagida işlab çiqilgan «Islohotlarning yöl xaritasi»ni amalga oşiriş doirasida, şuningdek, mamlakatning barça fuqarolari uçun ijtimoiy ta'minot va inson huquqlarini himoya qiliş borasida majburiyatlarga muvofiq majburiy mehnatning barça şakllarini bartaraf etiş böyiça qat'iy çora-tadbirlarni amalga oşirişda davom etmoqda.
«Uşbu majburiyatlarning bajarilişi bir neça muhim huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan. Jumladan, joriy yil boşida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev majburiy mehnatdan foydalanganlik uçun jinoiy javobgarlik joriy etilişini nazarda tutuvçi qonunga imzo çekdi. Şuningdek, «Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan strategiyasi»ni tasdiqladi. Şu bilan agrar sektorda davlat rolini kamaytirdi.
Joriy yilning 6 mart kuni tarixiy hujjat – Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Paxtaçilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etiş çora tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Unga köra Özbekiston 2020 yildan boşlab paxta işlab çiqarişni, narxni va majburiy sotişni davlat tomonidan tartibga solişdan voz keçadi.
Yaqinda qabul qilingan uşbu qonun hujjatlari şundan dalolat beradiki, Özbekiston hukumati xöjalik yurituvçi sub'yektlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan hamkorlikda Özbekiston paxtaçilik tarmoğida islohotlarning yangi bosqiçini boşlaşga tayyor.
Yangi islohotlar davriga ötişda aholiga zarur özgarişlarni amalga oşiriş uçun koalitsiya tomonidan imzolangan Uzbek Cotton Pledge majburiyati doirasida özbek paxtasiga qöyilgan boykotni olib taşlaşni sörayman.
Xalqaro mehnat taşkilotining sönggi ma'ruzasida «2019 yil, paxta hosilini yiğiş davrida tizimli majburiy mehnat holatlari qayd etilmagan» va «Özbekistonda paxta yiğim-terimi davrida bolalar mehnati qöllanilmayapti», deya tasdiqlaydi. Biz uşbu yutuqlardan faxrlanamiz va natijalarimizni yaxşilaşga qat'iy qaror qildik. Albatta, biz Özbekistonda mehnatkaşlarning huquqlarini himoya qiliş borasida hali katta işlar amalga oşiriş kerakligini töliq anglaymiz va koalitsiya tomonidan yaqinda aytib ötilgan muhim tavsiyalarni biz uçun ustuvor ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.
Boykotini olib taşlaş borasidagi murojaatimga bugungi kundagi majburiy mehnatning barça şakllarini bartaraf etiş böyiça erişilgan aniq strategiyamiz bilan birga yana bir boşqa sabab bor.


















