Qon zardobi orqali davolash usulidan hali foydalanilgani yo‘q - SSV
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Habibulla Oqilov koronavirusga chalinganlarni qon zardobi bilan davolash usulidan O‘zbekistonda foydalanish bo‘yicha vaziyatga aniqlik kiritdi.
«Biz xitoylik hamkasblarimiz tajribasini o‘rgandik va hozir O‘zbekiston koronavirusga chalinganlarni qon zardobi orqali davolash usulidan foydalanishga tayyor. Lekin bu usuldan foydalanishga hali ehtiyoj bo‘lgani yo‘q», dedi Habibullo Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Uning qayd etishicha, kasallanganlarni davolashda erishilayotgan samara asosan, karantin choralarining to‘g‘ri tashkil qilinayotgani bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15 mart kuni aniqlangandi. 16 aprel holatiga ko‘ra, kasallanish holatlari soni 1349taga yetdi. Bemorlarning 4 nafari vafot etgan, 107 nafari tuzalgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini davolash uchun sog‘ayib ketganlarning qon zardobidan antitela maqsadida foydalanilishi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
08:13 / 25.06.2020
Pokistonda koronavirusdan sog‘ayganlar qoni xufiyona sotilmoqda
21:25 / 24.06.2020
Isroilda koronavirusdan sog‘ayganlar qon zardobidan tayyorlangan vaksina sinovi boshlandi
18:26 / 06.05.2020
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning qon zardobi orqali bemorlarni davolash usuli qo‘llab ko‘rildi
14:33 / 23.04.2020