Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti an'anaviy tibbiyotning asosiy tarkibiy qismlarini quyidagiça aniqlaydi: ösimlik dori darmonlari va boşqa tabiiy vositalar bilan davolaş; akupunktur va manual terapiya. Soğliqni saqlaş tizimidagi an'anaviy tibbiyot allaqaçon dunyoning bir qator mamlakatlarida, ayniqsa Osiyo mamlakatlarida muhim rol öynaydi. Xalq tabobatimizda Abu Ali ibn Sino davriga borib taqaladigan çuqur dunyoviy ildizlar mavjud. Bugungi kunda Respublikamizda xalq tabobati tizimi qonuniylaştirilgan.
Bizning yurtimiz dorivor ösimliklarga boy. Mahalliy floraga mansub 4.3 mingdan ortiq ösimliklarning 750 turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 turi ilmiy tibbiyotda foydalaniş uçun röyxatga olingan, şundan 70 turi farmatsevtika sanoatida faol qöllanib kelinmoqda.
2019 yilda 48 mln AQŞ dollari qiymatidagi qayta işlangan dorivor ösimliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan.
Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan “Yovvoyi holda ösuvçi dorivor ösimliklarni muhofaza qiliş, madaniy holda yetiştiriş, qayta işlaş va mavjud resurslardan oqilona foydalaniş çora tadbirlari töğrisida”gi qarori juda dolzarbdir.
Uşbu Qarorda dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaşni yanada rivojlantiriş, sohaning eksport salohiyatini oşiriş, şuningdek, uşbu sohada ta'lim, fan va işlab çiqariş jarayonlarini birlaştiriş zarurati belgilab qöyilgan. 2020 yil 1 maydan boşlab dorivor ösimliklarni yetiştiriş, saqlaş, birlamçi yoki çuqur qayta işlaş uçun klasterlar yaratiş, şuningdek, dorivor ösimliklarni yetiştiriş böyiça hududlarni ixtisoslaştiriş işlari belgilab berilgan.
Davlatimiz rahbari Ş.M.Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan klaster tizimi özining hozirgi globallaşuv davrida va bozor iqtisodiyoti talablari asosida, har bir imkoniyatdan töliq va samarali foydalanib jahon bozoriga raqobatbardoş mahsulotlarni yetkazib beriş agrar sektorda, jumladan paxtani yetiştirişdan to uni kompleks qayta işlab, tayyor mahsulot sifatida yengil sanoat mahsulotlari, oziq ovqat sanoati mahsulotlari (paxta yoği va undan tayyorlanadigan mahsulotlar) hamda çorvaçilik uçun ozuqa (har xil yemlar, premikslar) işlab çiqariş imkoniyatlarini keskin oşirib, agrar sohada yangi tizim klaster tizimi yaratilganini e'tirof etiş kerak.
Qarorda qöyilgan vazifalar taşkil etilayotgan klasterlar oldiga dorivor ösimliklarni yetiştiriş, saqlaş, dastlabki va çuqur qayta işlaş hisobiga turli xil xalq tabobatida, soğliqni saqlaş tizimida işlatiladigan dori preparatlarini yaratiş, işlab çiqariş va importdan kirib kelayotgan şu yönalişdagi preparatlarni örnini ma'lum hajmda egallaş va eksport qiliş imkoniyatini yaratadi. Qarorda şu yilning 1 iyunidan tayyor mahsulotni sotiş böyiça klasterlar oldiga qöyilgan vazifalar “Dorivor ösimliklar” deb nomlangan yangi sanoat yönalişini yaratadi.

















