O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarni aniqlash bo‘yicha kuniga o‘rtacha 10 mingga yaqin tahlillar tekshirilmoqda – Bahrom Almatov
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlash, kasallikni yuqtirganlarga tashxis qo‘yish uchun uzluksiz ishlayotgan virusologik laboratoriyalarda bir kunda o‘rtacha 10 mingga yaqin tahlillar tekshirilmoqda.

Foto: Reuters
Bu haqda Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov 17 aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.
“O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Bu jarayonga barcha mutasaddi idoralarning xodimlari jalb etilgan.
Virusologik laboratoriyalarda test tizimlarini tekshirish ishlari davom etmoqda. Bu laboratoriyalarda uzluksiz ish jarayonida bir kunda o‘rtacha 10 mingga yaqin tahlillar tekshirilmoqda. Hozirgi kungacha jami 136 mingta tekshirish ishlari amalga oshirilgan.
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlik tashxisi laboratoriya tahlillari natijasi bo‘yicha qo‘yiladi. Buning uchun ikkita bosqichda test olinadi. Birinchi navbatda skrining testlari olinsa, kasallik gumon qilingan holatlarda tasdiqlovchi test tizimlaridan foydalanib kelmoqdamiz. Bu ishlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan tavsiyalari va xalqaro tajribalar asosida amalga oshirilmoqda”, deya Bahrom Almatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 274 ta karantin muassasasi belgilangan bo‘lib, shundan 214 tasida 22 ming kishi 14 kunlik karantinda saqlanmoqda. Bundan tashqari, 70 mingdan ortiq fuqaro uy sharoitida tibbiy nazoratga olingan.
Avvalroq O‘zbekistonda virus aniqlanmagan hudud qolmaganligi, Toshkent shahri, Buxoro va Xorazm viloyatlarida kasallanish yuqori ekanligi ma'lum qilingandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, bemorlarning aksar qismi karantinda saqlangan fuqarolar orasidan aniqlangan bo‘lib, ularning kasalligi tasdiqlangach hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarga davolash uchun joylashtirilgan.Shu vaqtgacha tuzalgan bemorlar soni 140 nafarga yetgan, 4 kishi vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
Sport | 02:38
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
Mavzuga oid

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021
Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi

23:49 / 02.07.2021
JSST Yevro-2020 sababli Yevropada koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi muqarrarligini aytdi

18:24 / 02.07.2021