Yotoqxonada şahar quriliş obektlarida işlayotgan mehnat muhojirlari yaşagan, ularning millati kimligi haqida rasmiy xabar berilmayapti.
Ammo, yotoqxona içidan olingan fotosuratlarda eşikka yopiştirilgan e'lonlar ham bor. Ular özbek tilida yozilganini inobatga olsak, muhojirlar içida vatandoşlarimiz ham bölişi mumkin.


Noqonuniy deb aytilayotgan yotoqxona 11 aprel kuni Rospotrebnadzor, Tergov qömitasi va politsiya hamkorligida ötkazilgan reydda aniqlangan edi. Reyd davomida sanitar şifokorlar muhojirlar orasida koronavirus alomatlari: yuqori harorat va yötal borligini qayd qilişgandi.
Yangi ma'lumotlarga köra, yotoqxonada yaşagan 123 nafar mehnat muhojirida koronavirus borligi aniqlangan. Bu Leningrad viloyati böyiça koronavirus bilan xastalanganlarning 40 foizini taşkil qiladi. Mehnat muhojirlarining köpçiligida kasallik yengil şaklda ötayotgani aytilmoqda. Leningrad viloyati gubernatori muhojirlar yotoqxonasidagi koronavirus epidemiyasi xurujini «infeksiya bombasi» deb atadi.
Hozirgi vaqtda Rosgvardiya xodimlari va politsiya yotoqxonani tunu-kun uzluksiz ravişda qöriqlamoqda. Ular heç kimni taşqariga çiqarmayapti. Kasallanganlar şifoxonaga yotqizilmayapti. Ular uçun yotoqxona hududida 88 örindiqqa möljallangan palatkali gospital taşkil qilingan.
Vsevolojsk şifoxonasi boş vraçi örinbosari Alla Şkolyarenko sözlariga köra, kasallanganlar uçta guruhga ajratilgan – koronavirus tasdiqlanganlar, tasdiqlanmaganlar, ammo şamollaş alomati borlar va kasallik alomatlariga ega bölmaganlar. Ular alohida palatkalarga joylaştirilgan.
Rossiya Tergov qömitasi voqea yuzasidan sanitariya-epidemiologiya qoidalarini buziş holatlari böyiça jinoyat işini oçgan. Prokuratura xabariga köra, binoni ijaraga olgan şaxs sanitariya me'yorlariga amal qilişni ta'minlaş böyiça heç qanday çora körmagan.

















