«Paxtakor»dan ijara asosida «Energetik-BGU» klubida töp surayotgan 22 yoşli yarimhimoyaçiga Yevropaning bir qator çempionatlaridan takliflar kelib tuşgan. Bu haqda Toşkent klubi sport direktori Ja'far Irismetov Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.
- Ja'far aka, «Paxtakor»ga tegişli bölgan Jasur Yaxşiboyev Yevropada töxtatilmagan yagona çempionatda legioner sifatida özini körsatmoqda. Unga takliflar tuşdimi?
- Ha, Jasur Yaxşiboyev böyiça bizga takliflar bor. Xususan, Portugaliya, Polşa va Vengriya klublaridan qiziqişlar böldi.
- Qaysi klublar ekanligini ayta olasizmi?
- Portugaliya çempionatidan örtamiyona klubdan taklif bor, Polşa va Vengriyadan esa yetakçi jamoalaridan çaqiruv bor.
- «Paxtakor» bu borada qanday yöl tutmoqçi? Har holda Yaxşiboyevning özi yaqinda «Paxtakor»ga qaytmoqçi emasligini aytib ötdi...
- Bundan xabarimiz bor, balki uning «Paxtakor»da öynagisi kelmayotgandir. Agarda boş murabbiy uning qaytişini istasa, faqat futbolçining xohişiga boğliq bölmaydi. Köramiz, balki uni sotarmiz. Buni murabbiy va rahbariyat hal qiladi.
- Jasur Yaxşiboyevning «Paxtakor» bilan şartnomasi neça yilga tuzilgan?
- Hali yana tört yillik şartnomasi bor. Kelişuv 2023 yilning 31 dekabr kuniga qadar imzolangan. Klub futbolçi bilan aloqada bölib turibdi. Umid qilamizki, futbolçimizning Belarus Oliy ligasidagi faoliyati muvaffaqiyatli davom etadi.
Usmon Ibodov suhbatlaşdi.

















