Özbekistonda koronavirus aniqlanmasidan oldin vodiy viloyatlarida 50 kilogrammli bir qop Qozoğiston uni 160-180 ming sömdan sotilgan bölsa, hozirda qimmatlaşib, 210-220 ming sömga kötarilgan.

Mahalliy unlar savdoda deyarli yöq. Mabodo, dökonlarga kelib qolsa ham, mart oyning avvalida 135-140 mingdan sotilgan 50 kiloli Andijon yoki Quva uni hozirda 165-170 ming sömdan sotilmoqda.

Andijon viloyatida ayni paytda uçta – «Qörğontepadonmahsulotlari», «Asakadonmahsulotlari» va «Andijondonmahsulotlari» korxonalari işlab turibdi. Uç korxona bir kunda 500 tonna miqdorida un işlab çiqaradi.

Xöş, bir viloyatda un mahsulotlari işlab çiqaruvçi uçta korxona işlab turgan bölsa-yu, nega sotuvda mahalliy un yöq? Kuniga işlab çiqarilayotgan 500 tonna un qayerga ketmoqda? Şu savollarga javob izlaşga urinib kördik.

Avvalo ta'kidlaş joiz, mahalliy unni topiş muammo bölsa-da, dökonlarda qimmat qozoq uni bor.

Tuman markazi yoki qişloqdagi qaysidir dökonga mahalliy un kelsa, navbatlar paydo bölib, har bir xaridorga ma'lum çeklov asosida berilyapti.

Andijon şahridagi Markaziy dehqon bozorida bölganimizda, aholiga mahalliy unning bir kilogrammini 2800 sömdan, unda ham har bir kişiga faqat beş kilodan sotilayotganiga guvoh böldik.

Arzon mahalliy un savdoda yöqligi yuzasidan tahririyatimizga köplab murojaatlar tuşmoqda. Ulardan ayrimlariga diqqat qaratsak.

Dilmurodjon Parpiyev, Paxtaobod tumani:

– Paxtaobod tumanidagi dökonlarda 17 martdan beri mahalliy unlar umuman yöq. «MFY orqali olasizlar» deyişgandi, lekin mahalladagi dökonga un kelsa, navbat uzun bölib, qatorni boşidagi dökon atrofidagi oilalar olyapti xolos. Qozoq unlarining narxi kundan-kunga qimmatlaşyapti. Yaqinda 180-185 ming sömdan sotilayotgan unlar 200 ming sömdan oşdi. Nega mahalliy Andijon, Asakada işlab çiqarilgan unlar yöq?