Qozoğiston Qişloq xöjaligi vaziri Saparxon Umarovning mahalliy naşrlarga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, Qozoğiston tomoni pandemiya davrida un va ğalla eksportiga qöyilgan kvotani oşirişni rejalaştirmoqda.

“Ayni paytda ğalla eksporti uçun örnatilgan kvota 200 mingdan 250 ming tonnaga köpayişi, şuningdek, un eksporti 150 ming tonnaga köpayişi kutilmoqda“, — deydi u.

Bunga qadar, 15 apreldan e'tiboran Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan majlis bayoniga köra, pandemiya paytida yuzaga kelgan vaziyat inobatga olinib, barça iste'molçilarga un va un mahsulotlari alohida topşiriq bölganga qadar, birja savdolarisiz töğridan töğri şartnomalar asosida tizimli yetkazib berilişi böyiça vaqtinçalik tartib örnatilgandi.

Ma'lumot uçun, joriy yil qişloq xöjaligi prognoziga muvofiq, Qozoğistonda ğalla ekinlari uçun ajratilgan 22,5 million gektar maydon özgarişsiz qoladi. Biroq yoğ-moy, sabzavot va yem uçun maydonlar 238 ming gektarga kengayişi mumkin.