Tramp Kim Chen Indan “ajoyib” maktub olganini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan maktub olganini ma'lum qildi.
U bu haqda 18 apreldagi brifingda aytib o‘tgan.
“Shimoliy Koreya kichik masofalarga mo‘ljallangan raketani sinovdan o‘tkazdi. Shu bilan birga, men yaqinda undan [Shimoliy Koreya yetakchisi] ajoyib maktub oldim. O‘ylaymanki, bizda barchasi yaxshi”, deb javob qilgan Tramp jurnalistlardan birining Pxenyan bilan munosabatlar haqidagi savoliga.
Trampning ta'kidlashicha, “agar u prezident bo‘lmaganda, AQSh hozir Shimoliy Koreya bilan urush olib borayotgan bo‘lardi”.
“Men Kim Chen In bilan yaxshi munosabatdaman”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.
Joriy hafta boshida janubiy koreyalik harbiylar Shimoliy Koreya hududidan Yapon dengizi tomon bir nechta snaryad uchirilganini qayd qilishgan. Taxmin qilinishicha, bu snaryadlar qanotli raketalar bo‘lgan va ularning parvozi uzoqligi 150 km dan ko‘proqni tashkil qilgan.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, mart oyida Tramp Kim Chen Inga maktub yo‘llagan va unda Shimoliy Koreyaga koronavirusga qarshi kurashda yordam taklif qilgan.
Mavzuga oid
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
21:47 / 06.10.2024