Ma'lum qilinishicha, hozirda Toshkentdagi uchta tibbiyot muassasasida 371 kishi davolanmoqda, ulardan 78 nafarida klinik pnevmoniya belgilari mavjud.

Jumladan, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 94 bemor davolanmoqda, ularning 24 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 83 nafar bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 194 bemordan 54 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 5 nafarining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Nurmatovning ma'lum qilishicha, 19 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus uchun 11,8 mingta test o‘tkazilgan.

  • O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.
  • 19 aprel kuni zararlanish holatlari soni 75taga oshgan va 1565taga yetgandi. Shu vaqtgacha 225 kishi kasallikdan sog‘aydi, 5 kishi vafot etdi.