Bu çeklovlar asalariçilik bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarga ham qiyinçiliklar tuğdirmoqda.

Asalariçilik sohasiga faqat asal işlab çiqariş bilangina baho berib bölmaydi. Qişloq xöjaligi ekinlarining çanglanişida asalarilar muhim rol öynaydi. Asalarilar yordami bilan hosildorlik oşişini bilgan dehqonlar, boğbonlar asalariçilikni yölga qöyişga, şu soha vakillari döst bölib ularga şaroit yaratib berişga urinadilar.

Namangan şahridan tahririyatga aloqaga çiqqan bir guruh murojaatçilar ularga ruxsatnoma berilmayotgani sababli, asalarilarni boqiş uçun şaxsiy avtomobillarida tumanlarga, tumandan şaharga, umuman asalari boqiladigan joylarga borib-keliş masalasi muammoga aylanganini bildirişdi.    

«Kun.uz saytida Jizzaxga borib piyoz ekkan beşariqlik dehqonlar muammosini öqidik. Ayni paytda biz ham xuddi şunday muammolarga duç kelmoqdamiz. Kasbimiz asalariçilik. Namangan şahrida yaşaymiz, arilarimizni yilning fevral oyidan dekabr oyigaça Uçqörğon va Norin tumanlaridagi bir neça hududlarda parvariş qilib boramiz. Asalarilarga fevral-dekabr oylarida doimiy qarov kerak. Aynan hozirgi vaqtda arilar tuxum qöyişlari uçun ozuqa berib, ramkalarga mum qöyadigan davr.

Ular vaqtida parvariş qilinmasa, tegişli tadbirlar ötkazilmasa, ari uyalari bölinib ketib, nobud böladi. Biz arilarimizni şahardan 78 km uzoqlikda bölgan joylarda parvariş qilamiz. Ikki şerigim öşa hududga 2 kun oldin piyoda yölga çiqib ketişgan. Namanganda karantin yanada qat'iylaşib, endi piyoda yuriş ham muammoga aylanib qoldi.

Şaxsiy avtomobillarimizda harakatlanişga ruxsat beruvçi stiker oliş uçun adliya bölimlariga, viloyat hokimligi, Namangan davlat örmon xöjaligiga bir neça bor murojaat qildik. Lekin, muammo hal bölmadi.

Sizlarga köplab asalariçilik bilan şuğullanayotgan insonlar nomidan murojaat qilmoqdaman. Yetti nafar asalariçi nomidan turli mutasaddi taşkilotlarga yozgan murojaatlarimizni ham jönatyapmiz. Har birimizda 300 qutidan asalarilar bor. Namanganda bu soha bilan şuğullanuvçi kişilarning soni juda köp. Muammolarimiz hal bölişiga umid qilib qolamiz», deydi asalariçi Zayniddin Xolmirzayev.