Ijtimoiy tarmoqlarda noma'lum şaxslar joriy yilning 15 aprel kuni tunda qölida qurol bilan daydi itlar otib yurgani haqidagi videolavha tarqalgandi.

Toşkent viloyati IIBB JQB va Yangiyöl şahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor suriştiruv işlari davomida bu iş Yangiyöl şahri Navröz dahasida yaşovçi 44, 39 va 38 yoşlardagi uç erkak tomonidan sodir etilgani aniqlangandi.

Yangiyölda tunda qurol kötarib yurgan şaxslar aniqlandi

Yangiyölda tunda qurol kötarib yurgan şaxslar aniqlandi 👉 https://kun.uz/41318282

Posted by

Kun.uz

on Wednesday, April 15, 2020

Oliy sud matbuot xizmati xabar berişiça, mazkur huquqbuzarlik işi Yangiyöl şahar ma'muriy sudida körib çiqilgan. Sudning 18 apreldagi qarori bilan har uç fuqaro MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 54-moddasi (epidemiyalarga qarşi kuraşiş qoidalarini buziş) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik harakatlarini sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularga 15 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.

Şuningdek, huquqbuzarlardan maxsus qabulxonada saqlaş bilan boğlik xarajatlar uçun sutkasiga bazaviy hisoblaş miqdorining 15 foizini (33 450 söm) undiriş belgilangan.

Aşyoviy dalil sifatida olingan ikki dona «HATSAN STRIKER» nomli sport pnevmatik miltiqlari yöq qilinişi belgilangan.

Oliy sud matbuot xizmatining qöşimça qilişiça, şu yilning 1-20 aprel kunlarida mamlakat ma'muriy sudlari tomonidan jami 918 nafar şaxsga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 54-moddasi, 183-moddasi, 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş) bilan ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi 641ta iş körilgan bölib, şundan 421 nafar şaxsga nisbatan jami 246 432 000 söm miqdorida jarima jazosi tayinlangan. 486 nafar şaxsga nisbatan esa turli muddatlardagi ma'muriy qamoq jazolari qöllangan.