Joriy yilning 7 oktyabr kuni soat taxminan tongi 5:15 larda Toşkent viloyati Yangiyöl şahri hududidan ötgan M34 "Toşkent-Duşanbe" avtomobil yölining 26-kilometrida yöl-transport hodisasi yuz bergan.
Haydovçi, 1990 yilda tuğilgan N.N. Lacetti rusumli transport vositasini boşqarib ketayotgan vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida şu joyda hozirda qurilayotgan yerosti piyodalar ötiş joyidagi çuqurga (tegişli yöl belgilari örnatilgan) tuşib ketgan.
Uşbu yöl-transport hodisasi natijasida haydovçi va 2 nafar yölovçi (1981 yilda tuğilgan X.D. va 1985 yilda tuğilgan A.Ş.) Yangiyöl şahar tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Yangiyöl şahar IIB tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















