Toşkent viloyati Yangiyöl şahri Yangi hayot köçasida tuman tibbiyot birlaşmasi Köp tarmoqli markaziy poliklinikasiga qaraşli Silga qarşi kuraşiş dispanseri faoliyat yuritadi. Bu binoga 2024 yil fevral oyida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi köçib kelgan. Nurafşon TV tayyorlagan lavhada aholi bu holatdan norozi ekani, ular markazga borganda sil yuqib qolişidan xavotirlanayotganini aytgan.

Ma’lum bölişiça, Yangiyöl şahri “Mustaqillik” MFY Yangi hayot köçasida joylaşgan bino 1982 yilda qurilgan. Bu joy 2011 yildan boşlab Silga qarşi kuraşiş dispanseri sifatida aholiga xizmat körsatib keladi.

Videoda körsatilişiça, Toşkent viloyati hokimining 2023 yil 6 sentabrdagi 1/8-3-4071-sonli qarori asosida bu bino töliq Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toşkent viloyati boşqarmasi balansiga ötkazilgan. Binoda 2024 yil fevraldan beri “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ham faoliyat yuritişni boşlagan.

Fuqarolardan biri Muhiddin Nuriddinovning aytişiça, boş vazirga binoni Sil kasalliklari dispanseri emas, Tez tibbiy yordam bölimi degan ma’lumot bilan kiritişgan, bino böş turibdi deb uni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga ötkaziş söralgan.

“Boş vazirga yolğon ma’lumot kiritişgan. Bu bino 10 yildan beri Sil kasalliklari dispanseri bölib kelyapti. Binodan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga joy berilişi juda xavfli. Axir bu yerda nogironlar, qariyalar, bola puli olişga ayollar va bolalar keladi. Ularning sil kasalliklarini yuqtirib oliş ehtimoli kuçli”, – deydi u. 

Lavhadan körinişiça, Sil kasalliklariga qarşi kuraşiş bölimi binoning 2-qavatida faoliyat yuritadi. Xuddi şu joyda ijtimoiy xizmatlar markazi joylaşgan. Ularni bitta eşik ajratib turadi. Bu aholi uçun juda xavfli ekanini Yangiyöl tumani tibbiyot birlaşmasi boş ftiziatori Mavjuda Kamolova ham ta’kidlagan.

“Sil kasalligi havo tomçi yöli orqali yuqadigan infeksion kasallik hisoblanadi. 14 yildan beri şu binoda xalqqa xizmat körsatib kelamiz. Bu binoni Ijtimoiy himoya agentligiga beramiz deyişganda yuragimiz açib ketdi. Çunki silning qançalik darajada yuqumli ekanini, qanaqa turi borligini bilganimiz uçun bu binoga kirayotgan har bir aholiga jonimiz açiydi”, – degan boş ftiziator.

Binoga odam gavjum böladigan taşkilotning köçirilişi uçun Sanepidqömita xulosa berişi kerakligi, aks holda binodan boşqa maqsadlarda foydalaniş mumkin emasligini Yangiyöl şahar Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat birlaşmasi xodimi Aziza Töyçiboyeva ham ta’kidlagan.