The New York Times’ning yozişiça, AQŞda işsizlik yuqori xavf solayotgan guruhlardan biri yangilik tarqatuvçilar hisoblanadi.

Inqiroz davrida aholining yangilikka bölgan talab va ehtiyoji har doimgidan köra oşganiga qaramay, yangilik tarqatuvçi bosma va onlayn gazetalarning ahvolini ijobiy deb bölmaydi.

Sabab esa oddiy – öz faoliyatini çeklaşga yoki mutlaqo töxtatişga majbur bölgan biznes sub'yektlari reklama uçun pul tölay olmayapti. Natijada yangilik tarqatuvçilar özining moliyaviy manbasi bölgan reklamadan mahrum bölmoqda. Faqatgina reklamaga ixtisoslaşgan naşrlar esa mutlaqo faoliyatini töxtatdi.

Indeed.com boş iqtisodçisi Jyed Kolkoning yozişiça, vakansiyalar haqidagi e'lonlarning qisqarişi ham yangilik tarqatuvçilar faoliyatiga ta'sir körsatdi.

«Işga taklif qiliş, vakansiyalar haqida e'lonlar aprel oyi boşida ötgan yilning şu davriga qaraganda 35 foizga kamaydi.

OAV va aloqa sohasida vakansiyalar haqidagi ma'lumotlar aprel oyi avvalida ötgan yilgiga nisbatan 35 foizga qisqargan. Bu yangilik tarqatuvçilarning moliyaviy holatiga yetkazilgan zararning 24 foizini taşkil qiladi», deb yozadi u.

Inqiroz Amerikadagi heç bir naşrni çetlab ötayotgani yöq: gazetalar u yoki bu darajada maoşlarni kamaytirmoqda, xodimlarini işdan böşatmoqda, haq tölanmaydigan mehnat ta'tillari e'lon qilmoqda; ayrim naşrlar esa faoliyatni töxtatdi.

The Denver Post

MediaNewsGroup kompaniyasiga tegişli, Qöşma Ştatlarning yirik yangilik tarqatuvçilaridan biri – The Denver Post gazetasi 13 nafar xodimini, şu jumladan, 4 nafar jurnalistni işdan böşatdi. Rahbariyat işlab turgan xodimlarning har biridan aprel-iyun oylari mobaynida 3 haftalik haq tölanmaydigan ta'tilga çiqişni söraşga majbur böldi.

Foto: Poynter

Euclid Media Group

Tsinsinnati, Detroyt va San-Antonio şaharlarida haftalik naşrlarni tarqatuvçi bu mediaguruhning 50 nafar xodimi işsiz qoldi, 7 nafari haq tölanmaydigan ta'tilga çiqdi. Bu – Euclid Media Group’ning işçi kuçi hajmi 70 foizga qisqarganini anglatadi.