Keça 19 aprel kuni Kun.uz`da Namangan şahrida yaşovçi asalariçilarning muammolari yoritilgan «Şeriklarim piyoda ketişgandi, endi bu yöl ham yöq» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Unda Namangan şahridan tahririyatga aloqaga çiqqan bir guruh murojaatçilar ularga ruxsatnoma berilmayotgani sababli, asalarilarni boqiş uçun şaxsiy avtomobillarida tumanlarga, tumandan şaharga, umuman asalari boqiladigan joylarga borib-keliş masalasi muammoga aylanganini bildirişgan.

Bugun murojaatçi Zayniddin Xolmirzayev Kun.uz muxbiri bilan aloqaga çiqib, mavjud muammolar hal etilganini bildirdi.

Xolmirzayevning aytişiça, unga Namangan viloyati IIB YHXB binosida taşkil etilgan ştab işçi guruhi kömagida karantin postlaridan heç qanday tösiqlarsiz harakatlanişiga ruxsat berilgan.

«Bugunning özida şaxsiy avtomobilimda Uçqörğon tumaniga borib, öşa yerdagi asalari boqayotgan şeriklarimdan xabar olib keldim. Yöldagi postlarda heç qanday muammo bölmadi. Viloyat IIB YHXBda taşkil etilgan ştab işçi guruhiga, Kun.uz saytiga öz minnatdorçiligimni bildiraman», deydi Zayniddin Xolmirzayev.

Ma'lum bölişiça, işçi guruh tomonidan viloyatdagi asalari boquvçilarga öz şaxsiy transportida viloyat hududida taqiqsiz harakatlanişiga ruxsat berilgan.