Pandemiya vaqtidagi eng xavfsiz davlatlar reytingi tuzildi
Deep Knowledge Group (DKG) jamg‘armasi ekspertlari koronavirus pandemiyasi vaqtidagi eng xavfsiz davlatlar reytingini tuzishdi.
Bu haqda Express nashri xabar berdi.
Ekspertlarning fikricha, xavfsizlik borasida Isroil yetakchi hisoblanadi.
“Isroil doimiy inqiroz holatida ekanligi va chegaralarni yopish hamda favqulodda vaziyatlar borasida katta tajribaga egaligi hisobga olinsa, uning bu boradagi yetakchiligi ajablanarli hol emas”, deb ta'kidlab o‘tishgan mutaxassislar.
2-o‘rinni Germaniya egallagan. Ayni vaqtda u koronavirus bo‘yicha Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega. Vaziyat o‘nglangandan keyin Germaniyada katta iqtisodiy ustunliklarga ega bo‘lishga barcha imkoniyatlar mavjud.
Eng xavfsiz davlatlar yetakchi uchligiga Janubiy Koreya ham kirgan. Shuningdek, Avstraliya, Xitoy, Yangi Zelandiya, Tayvan, Singapur, Yaponiya va Hongkong yuqori o‘rinlarni egallagan.
Mavzuga oid
21:10
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024