20 aprel kuni neft narxi aql bovar qilmas darajada pasaydi. Birjada WTI neftining 1 barreli uçun avvaliga 4 dollar, keyin 2 dollar va hatto 96 sentgaça arzonlab ketdi. Forbes ma'lumotiga köra, birjada may oyi fyuçerslari uçun 1 sent evaziga 1 barrel neft taklif qilingan. Ma'lumot uçun, 1 barrel 159 litrga teng. Ya'ni, neft tekin bölib qoldi.
London birjasida bugun WTI (West Texas Intermediate) turkumidagi neft narxi 20 foizga arzonlab 14,1 dollargaça tuşib ketgandi. Bu 1999 yildan buyon eng arzon narx böldi. Ammo bu hali hammasi emasdi. WTI’ning barreli 10,5 dollargaça arzonlaşga ulgurdi. Brent ham 4,5 foiz arzonladi. Ayni damda butun dunyoni hayratga solib neft narxi tarixdagi eng past körsatkiçgaça tuşdi. WTI 1 barreli avval 0,96 dollar, keyinroq 1 sentgaça arzonladi. Bir muddat neft narxi 0,00 dollar ekani ham körindi.
Ekspertlarning aytişiça, Moskva va Ar-Riyodning uzoq vaqt davom etgan «narx uruşi»dan söng muzokaraga kelgani, şuningdek OPeK+ kelişuvi narxning barqarorlaşuvi uçun yetarli bölmadi. Taşkilot a'zolari kunlik qazib oliş hajmini 9,7 million barrelgaça kamaytirişga kelişgandi. Öz navbatida, Saudiya Arabistoni va Rossiya kunlik qazib olişni may-iyun oylarida 2,5 million barrelga kamaytiriş böyiça bir qarorga kelgandi. Biroq bu çoralar samara bermayapti. Ekspertlarga köra, qazib olişni yanada kattaroq miqdorda kamaytiriş kerak, çunki omborlar tölib ketgan.
«Bozor OPeK+ kelişuvi narxlarni kötariş uçun yetarli bölmaganini keç angladi», deydi Axicorp brokerlik korxonasi asosiy tahlilçisi Stiven Innes.
Neft narxi kötarilmayotganining asosiy sababi AQŞ neft omborlarida xomaşyo tölib-toşgani deb hisoblamoqda iqtisodçilar. Mart oyidan buyon AQŞning yirik omborlarida neft 50 foizgaça köpaydi. «Neft arzon bölsa ham, sotilib ketayotganini köryapmiz, çunki heç kim omborlar daqiqa sayin tölişini xohlamaydi», deydi Stiven Innes. Aynan omborlar tölgani sabab korxonalar neftni tekinga ham berib yuborişga tayyor.
Bloomberg juma kuni Saudiya AQŞga kuniga 600 ming barrel neft yuborişni rejalaştirayotganini yozgandi. Yil davomida bunaqa katta miqdorda neft savdosi kuzatilmagandi. Şuningdek, Bloomberg aprelning dastlabki haftasida har kuni bittadan 2 million barrel neft ortilgan tankerlar yuborilganini yozgandi.
Saudiya Arabistoni Rossiya bilan qazib oliş hajmini kamaytirişni kelişib olganidan keyin ham prinsipiallikni töxtatmadi va yaqinda mijozlari uçun katta çegirma e'lon qildi. Saudiya Yevropa mamlakatlariga 10 dollargaça çegirma va neft uçun pulni 3 oydan keyin tölaş mumkinligini e'lon qildi. Rossiyada esa Saudiyaning bu işi «orqadan piçoq uriş» deb qabul qilindi. Demak, Saudiya bugungi holatni bilgan holda neft uçun katta çegirmalar e'lon qilgan.

















