Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mikrochip kuyib qolishi ehtimoli bor» – plastik kartalarni dezinfeksiya qilishda e'tiborli bo‘lish kerakligi aytildi
Pandemiya davrida plastik kartochkalarni dezinfeksiya qilish muhim, ammo buni to‘g‘ri amalga oshirish kerak.
Markaziy bank departament direktori o‘rinbosari Akmal Nazarov 22 aprel kungi brifingda shu haqda tavsiya berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Bank kartasidan har safar foydalangandan so‘ng uni dizenfeksiya qilish juda muhim, lekin o‘tkir kimyoviy vositalar, masalan, atseton, qurilishda ishlatiladigan razbavitel yoki 96 foizli spirt bilan bank kartasini tozalamagan ma'qul.
Chunki bunday vositalar bank kartasi ustidagi raqam, amal qilish muddati va karta saqlovchisining familiya, ismi-sharifi bilan bog‘liq rekvizitlarini o‘chirib yuborishi mumkin.
Yoki ta'siri kuchli vositalardan foydalanish bank karta mikrochipining kuyishiga sabab bo‘lib, kartani yaroqsiz holga keltirishi ehtimoli ham bor.
Shuning uchun bank kartasini dorixonalarda sotiladigan oddiy antiseptik vositalar yordamida dezinfeksiyalash tavsiya etiladi», – dedi Akmal Nazarov.
Mavzuga oid
20:07 / 15.07.2026
1 oktyabrdan o‘z nomidagi SIM-karta va bank kartalari haqida ma’lumot olish mumkin bo‘ladi
19:54 / 15.07.2026
Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etildi
13:46 / 13.07.2026
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
19:08 / 07.07.2026