Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Tramp grin-kart berishni to‘xtatmoqchi

Foto: The New York Times
AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi kurash choralari doirasida boshqa mamlakat fuqarolariga AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi hujjat (grin-kart) berishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda AQShning The New York Times nashri o‘z manbalariga asoslanib xabar bergan.
Har yili dunyo bo‘ylab millionlab odamlar AQShda ishlash huquqini beradigan va grin-kart deb ataladigan hujjatni olish uchun ariza topshiradi. 2019 yilda AQSh 1 millionga yaqin xorijlikning bu boradagi talabini qondirib, mamlakatda ishlash va yashash huquqini bergan. Tramp esa mamlakatga chetdan odam kirib kelishining oldini olish maqsadida grin-kart berishni vaqtincha to‘xtatmoqchi.
Bloomberg vaziyatdan xabardor manbalariga asoslanib Tramp AQShga 90 kun davomida ishchi viza bilan kirish taqiqlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilmoqchi ekani haqida xabar bergandi. Grin-kart berishni to‘xtatish ham, katta ehtimol, mana shu qarorda ta'kidlangan. Bloomberg`ga o‘z shaxsini ochiqlamaslik sharti bilan ma'lumot bergan mansabdorning aytishicha, u qarorning qoralamasi bilan tanishgan va hujjatda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va tibbiyot sohasida ishlaydiganlarga istisno sifatida cheklovlar amalda qilmaydi.
Shuningdek, AQSh fuqarolarining fuqaroligi bo‘lmagan xotinlari, farzandlari mamlakatga kirishi mumkin. Bloomberg manbasiga ko‘ra, ayni damda texnologiya sohasida ishlayotgan xorijliklar mahalliy amerikaliklar ishlashi mumkin bo‘lgan sohada faoliyat yuritmayotgani haqida hujjat taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Shaxsini ochiqlashni istamagan mansabdor inqirozdan keyin mamlakatda muhojirlar oqimi ko‘payishini, hukumat buning oldini olish maqsadida korxonalarga kam maosh evaziga xorijliklarni ishga chaqirgandan ko‘ra, ishdan bo‘shatilgan mahalliy ishchilarni qaytarishni buyuradi.
Donald Tramp dushanba kuni tvitterdagi sahifasida bunday hujjat imzolashiga ishora qilib, post qoldirgandi: «Ko‘rinmas yovga qarshi kurashish va ajoyib fuqarolarimizning ish o‘rinlarini himoya qilish maqsadida immigratsiyani cheklash bo‘yicha hujjat imzolayman», deb yozgandi AQSh prezidenti.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin
O‘zbekiston | 09:05
-
Moskvadagi xalqaro shaxmat turnirida yosh o‘zbek shaxmatchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
O‘zbekiston | 09:00
-
Gurjistonda Euronews Georgia asoschisi Ramishvili qo‘lga olindi
Jahon | 08:44
-
Malayziya O‘zbekistonda "halol" oziq-ovqat sanoatini rivojlantiradi
O‘zbekiston | 08:28
Mavzuga oid

07:56
Bloomberg: Zelenskiy Tramp bilan AQShdagi elchini almashtirishni muhokama qildi

23:23 / 08.07.2025
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda

19:14 / 08.07.2025
G‘azoliklarni ko‘chirish, Eron va Suriya mavzulari - Tramp va Netanyahu nimalarni muhokama qildi?

19:06 / 08.07.2025