Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Qalandarov bu haqda 22 aprel kuni AOKAda bölib ötgan onlayn brifingda ma'lum qilgan.
Uning aytişiça, garçi bu şifoxonalar qisqa muddatda qurib foydalanişga topşirilişi möljallangan bölsa-da, ular JSST, Soğliqni saqlaş vazirligi Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yonğinga qarşi boş boşqarmasi va «Uztibloyiha» ixtisoslaşgan loyiha taşkiloti hamkorligida, xalqaro talablarga mos loyihalar asosida qurilmoqda.
«Bu şifoxonalar kelajakda xalq uçun beminnat xizmat qiladigan binolarga aylanadi, deb aytiş mumkin.
Karantin majmualari esa karantin muddati yakunlangaç, Soğliqni saqlaş vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligi bilan hamkorlikda kerakli yönalişda foydalanilişi mumkin», – dedi Quriliş vazirligi vakili onlayn brifingda.
Ma'lumot uçun, Toşkent şahri, Zangiota va Yuqori Çirçiq tumanlari, Andijon, Namangan, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida koronavirus bemorlari uçun 10ga yaqin şifoxona qurilmoqda.
Namanganda 1200 örinli karantin hududi va 150 örinli şifoxona qurilişi boşlandi


















