Xitoy hukumati «noma'lum turdagi zotiljam»ni e'lon qilganidan 100 kun ötib, koronavirusning sayyoramiz böylab tarqaliş dinamikasi klaster effektiga boğliqligi ma'lum böldi. Pandemiyadan yetarli darajada talafot körgan har bir davlatda yirik ijtimoiy, madaniy yoki diniy yiğilişlar bölib ötgan, unda juda köp sonli insonlar bir-birlari bilan yaqindan kontaktda bölgan. Bu – pandemiyaning tarqaliş tezligiga jiddiy ta'sir ötkazgan.
Bu borada mahalliy media tomonidan «nemis Uhani» deb nomlangan Gangelt kommunasi misol böla oladi. Uning aholisi har yili fevral-mart oylarida Germaniyada ötadigan karnaval haftasida faol iştirok etgan. Keyinroq karnaval iştirokçilaridan 7 kişida koronavirus aniqlangan. Ulardan biri — 47 yoşli erkak Germaniyada birinçi bölib şu taşxis bilan intensiv terapiya bölimiga yotqizilgan.
Bu kommuna 42 ming aholi istiqomat qiladigan Haynsberg tumani tarkibiga kiradi. U yerda tezlik bilan karantin e'lon qilindi, biroq 15 aprelgaça kasallik 1500 kişini qamrab olib, ulardan 49 nafarini hayotdan olib ketdi.
Töplaniş va tarqaliş
«Butun sayyorada bir tendensiya közga taşlanmoqda — qayerda qöşiq va raqslardan iborat ommaviy yiğinlar ötgan bölsa, öşa joyda virus yanada tezroq tarqalgan», — deb hisoblaydi tadqiqotçilar jamoasi bilan aprel oyi boşlarida Haysbergda «COVID-19 klaster tadqiqoti»ni ötkazgan Bonn universiteti virusologi Hendrik Ştrik.
Ştrikning sözlariga köra, dastlabki natijalar yuqtirişlarning katta qismi aslo supermarketlar va restoranlarda röy bermaganini körsatmoqda.
Haynsbergning özida virus eşik tutqiçlari, smartfonlar va boşqa obektlar orqali yuqişiga doir juda zaif dalillar yiğilgan.
Şuningdek, Gangeltda virus idişlar orqali yuqqan bölişi haqidagi nazariya ham notöğri bölib çiqqan: mehmonlarning köpçiligi pivoni şişasi bilan kötarib içişgan.
Virusologning hisoblaşiça, aslida virusning tarqalişi «insonlar köproq vaqt ziç kompaniyada bölgan joylarda» röy bergan. Bu — Avstriyadagi Işgl toğ-çanği kurorti, Berlindagi Trompete tungi klubi yoki Milandagi futbol öyini...
«Ommaviy tadbirlar — virus tarqalişi uçun ideal maydon, çunki odamlar bu yerda özlariga mutlaqo notaniş kimsalarga duç kelişadi», — deydi Vena texnologiya universiteti matematigi Nikolas Popper. U olimlar jamoasi bilan pandemiyalar tarqalişini yanada aniqroq aytib bera oladigan simulyatsiyani işlab çiqqan.
U «lokal epidemiyalar tarmoği»ning boşlanğiç nuqtasi deb ataluvçi omilni hisobga olişga harakat qilmoqda. Masalan, bir neça yuz kişi bir xonada virus taşuvçisi bilan uzoq vaqt birga bölişsa, ulardan kamida 20 kişi virusni yuqtirib oladi va bir neça kundan keyin oila a'zolari va hamkasblariga tarqatadi. Popper taxminiga köra, yuqtirganlarning har biri virusni yanada kamida 10 kişiga uzatadi. Bir neça kundan söng bitta holatni deb virus taşuvçilar soni 200 nafarga yetadi.
Dafn marosimlari va ibodatlarda
«Bugun köplab mamlakatlarda sodir bölayotgan voqealar — aynan mana şunday hodisalarning oqibatlari», — deydi Harvard universiteti epidemiologi Uilyam Henej. U AQŞda virusning tarqalişiga boş sabab odamlarning ommaviy töplanişi ekanligini tasdiqlaydi.
Masalan, Yangi Orleanda Mardi Graning nişonlanişi (u karantindan avvalroq bölib ötgan) — şaharni eng yirik epidemiya öçoqlaridan biriga aylantirgan.
Nima bölganda ham, insonlarning qay sababga köra töplangani virusni qiziqtirmaydi. Bu diniy marosimlar ötkaziş bilan (Fransiya şarqidagi kabi) yoki dafn marosimi bilan (Italiya janubi-şarqidagi kabi) boğliq bölişi mumkin. Sport musobaqalarini-ku, asti qöyavering — 19 fevral kuni Milanda «Atalanta» va «Valensiya» örtasida ötkazilgan UYeFA Çempionlar ligasi öyini çinakam «biologik bomba»ga aylandi.
Öşa bosqiçda invidual virus taşuvçilarni topib, izolyatsiyalaşga harakat qilgan soğliqni saqlaş tizimi vakillari uçun turli köngiloçar tadbirlar çinakam boşoğriq bölgan. Çunki unda qatnaşganlar içida boşqa hududlar, mamlakatlar, hattoki qit'alardan ham kelganlar bölgan.
Masalan, Avstraliyada 15 mart kuni Bondi Beach plyajida Bucket List xamjamiyati tomonidan ötkazilgan raqs keçasida turistlarni ham qöşib hisoblaganda 30 kişi virus yuqtirgan. U mamlakatda 500dan ortiq kişi töplanmasligi borasida taqiq joriy etilişidan biroz oldin ötkazilgan. Dam oluvçilar ijtimoiy masofalanişga çaqiruvlarga e'tiborsizlik qilaverişganidan söng Bondi Beach plyaji yopib qöyildi.
Individual harakatlar ham jiddiy oqibatlar keltirib çiqarişi mumkin ekan. Reuters agentligining hikoya qilişiça, Janubiy Koreyada koronavirus yuqtirgan №31-patsiyent 1000dan ortiq inson bilan kontaktga kirgan va infeksiyaning yangidan yangi klasterlarini yaratgan.
Ijtimoiy masofalaniş afzalliklari
AQŞdagi ommaviy töplanişlarga bağişlangan 2016 yilgi tadqiqotlardan birining körsatişiça, yuqumli kasalliklarning avj olişi 70dan ziyod ommaviy hodisalardan söng röy bergan. 2010 yilgi kompyuter modellaştirişiga köra, odamlarning bir joyga töplanişi yuqtiriş holatlarning 10 foizga oşirişiga xizmat qiladi.
Boşqa tomondan, öz-özini izolyatsiya qiliş va masofani saqlaş virusning tarqalişini sekinlaştirişi va domino effektini töxtatişi isbotlab bölingan. The Lancet jurnalida e'lon qilingan COVID-19ning Uhan şahrida tarqaliş dinamikasi tadqiqoti keng miqyosli nazorat çoralari virusning bazaviy reproduktiv soni (reproduksiya indeksi R0)ni 2,35 dan 1,05 gaça tuşirişga yordam berganini körsatgan.
Bunday körsatkiç bilan yuqtiriş holatlari oşmay qöyadi, çunki virus taşuvçisi faqat bir kişiga yuqtiradi. Xitoylik tadqiqotçilar tomonidan ötkazilgan modellaştiriş bunday xulosalarni tasdiqlagan.
BBC’ning yozişiça, biz hali uzoq vaqt masofani saqlaşga majbur bölişimiz mumkin. Harvard universiteti tomonidan ötkazilgan kompyuter modellaştirişi AQŞda ijtimoiy masofalaniş böyiça çoralarni 2022 yilgaça qöllaş zaruriyati yuzaga kelişidan ogohlantirmoqda.
Masofalanişning yakka davri epidemiya avj nuqtasini keyingi surişi mumkinligiga qaramasdan, agar virusda mavsumiylik xususiyati bölsa, yil oxiriga kelib yuqtirişning ikkinçi tölqini yuz beriş ehtimoli bor.
Egri çiziq emas, sirtmoq
Agar koronavirus pandemiyasi haqida «inson klasterlari» yordamida tezlaşuvçi jarayon sifatida öylanadigan bölsa, turli davlatlar hukumatlari karantindan çiqişning oqilona yöllari ustida boş qotirişlari kerak böladi. Çeklov çoralari yumşatilişi bilan ijtimoiy, madaniy, diniy tadbirlarda köplab insonlarning töplanişiga ruxsat beriş örinlimi?
Yevropa allaqaçon çeklovlarni yumşata boşladi. Ispaniya ayrim biznes turlariga işga qaytişga izn berdi, Daniya maktablarni oçmoqda, Polşa esa iqtisodiy çeklovlarni bosqiçma-bosqiç olişini bayon qildi. Hattoki 20 mingdan ziyod qurbon bergan Italiyada ham ayrim dökonlar va xususiy korxonalar iş boşlagan. Germaniyada esa ijtimoiy masofalaniş va sayohatlarga taqiqlar 3 maygaça kuçida qolmoqda, Fransiya esa karantinni 11 maygaça çözişga qaror qildi.
Yevrokomissiya YeI davlatlarini birgalikdagi harakatlarni muvofiqlaştirişga çaqirdi. U e'lon qilgan hujjat karatinni bosqiçma-bosqiç yumşatiş çoralari «yangi holatlar sonining muqarrar oşişiga olib kelişi»dan ogohlantiradi. Harakatlar rejasiga köra, virusning tarqalişi uzoqroq muddat mobaynida pasaya boşlaganidan söng, jonlantiriş bölimlarining quvvatlari kasallikning ikkinçi tölqiniga kuçi yetişiga amin bölgaç çeklovlar olib taşlanişi kerak.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen yangi holatlarning ösişiga yöl qöymaslik uçun YeI davlatlari hisobga olişi lozim bölgan uç asosiy jihatni tilga olib ötdi: bu – soğliqni saqlaş tizimi imkoniyatlari, infeksiyaning tarqaliş darajasi, şuningdek testdan ötkaziş darajasi arzonligi.
Olimlar uning xavotirlariga qöşilmoqda. «Koronavirus epidemiyasi obrazi egri çiziq sifatida jamoaviy ongni egallab böldi, lekin qörqamanki, aslida biz sirtmoqqa duç kelib turibmiz», — deydi Nikolas Popper. Uning fikriça, taqiqlov çoralari bekor qilinişi hamono virus tarqalişini tezlaştiruvçi yangi klasterlar paydo bölişi mumkin.
Bunga misol qilib pandemiyaning Vetnamda tarqaliş tarixini keltiriş mumkin. Bu yerda ilk yuqtiriş hollari 23 yanvarda qayd etilgan. Hukumat darhol işga kirişib, yangi yil ta'tilidan söng maktablarni oçmadi, Xitoy bilan aviaaloqa 1 fevralda töxtatildi. Vetnam Xitoydan söng ommaviy karantin qöllagan ikkinçi davlat böldi.
Şifoxonaga 13 fevralda yotqizilgan №16-bemor 25 fevral kuni soğayib çiqdi. Bir hafta mobaynida Vyutnamda koronavirus aniqlanmadi. Biroq 6 martga kelib, yangi holat ma'lum böldi: Yevropadan eksklyuziv moda haftalik körgazmalarida iştirok etgan qiz qaytib kelgan ekan. Vataniga kelgaç, unda yötal boşlangan. Test ham musbat çiqqan va u №17-bemorga aylangan. Virusni kuzatiş va töxtatiş çoralari boşqatdan boşlangan. 22 aprelga kelib, Vetnamda 268 ta tasdiqlangan kasallik hollari qayd etilgan.
«Iqtisodiyotni qayta işga tuşiriş bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi kerak: avvalo xodimlari ijtimoiy masofalanişga rioya qila oladigan korxonalar va ofislar oçilişi kerak. Yirikroq tadbirlar — turli konferensiyalar, sport musobaqalari, konsertlar taşkilotçilari ularning şu yilning kuziga köçirişayotganini körsam, men nega ular şunday qiliş mumkin, deb öylaşayotganini tuşunmayman. Bu hodisalar eng oxirida, hammasi tugaganidan söng qaytişi lozim. Agar işga real köz bilan qaralsa, ularni 2021 yilning kuzidan avval kutmaslik kerak», — deya xulosa çiqaradi amerikalik onkolog Iyezekil Emanuel.













