Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida söz olgan Özbekiston Boş vaziri örinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov prezident ilgari surgan «Saxovat va kömak» umumxalq harakati haqida töxtalib ötdi.
«Muhtaram prezidentimizning ğoyalari – tadbirkorlarni yordamçi qilib oliş. Ularning pulini olib, işlatiş emas. Davlat özining yelkasidagi vazifani tadbirkorning yelkasiga ilmoqçi emas. Bir söm bölsa, bir söm, bir milliard bölsa, bir milliard söm pulini unga qoplab beriş haqida aniq topşiriğimiz bor. Mana, Moliya vaziri ham buni kerak bölsa, tasdiqlab beradi.
Bu qanday böladi degan savolga, şu summaga foydaga tortiş soliq bazasi kamaytiriladi yoki uni mahalliy soliqlardan bölgan tölovlari – kelgusi tölovlarimi, misol bu yer-mulk va hokazo soliqlar... Mahalliy kengaşda huquq bor, şuni 6 oyga çözib berişlari mumkin. Yoki bankka murojaat qiladigan bölsa, bankda kreditlarini uzaytiriş mumkin. Yoki kerak bölsa, şu taşkilot 3-smenada işlayapmiz, keçasiga elektrni arzonlaştirib bering desa, elektr energiyasini 50 foizgaça arzonlaştirib beramiz.
Ya'ni tadbirkor birinçi navbatda mablaği bilan emas, harakati bilan davlat bilan yonma-yonma yon turibdi. Şuning uçun uning har bir sömi qoplab beriladi. Bu haqida umuman şubha bölişi mumkin emas», – dedi Jamşid Qöçqorov.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 20 aprel kungi videoselektorda «Saxovat va kömak» umumxalq harakatini yölga qöyiş taşabbusini ilgari surdi. Unga asosan, tadbirkorlar aholining ehtiyojmand qatlamini qöllab-quvvatlaşga hissa qöşib, bu hissa miqdoriga qarab davlatdan turli imtiyozlar oladi.
«Prezident aytdi deb tadbirkorni ezişga yöl qöyilmaydi» – Şavkat Mirziyoyev


















