Uşbu poligonda ikki hafta, undan oldin şifoxonada 16 kun karantinda bölib çiqqan vatandoşimiz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ba'zi suratlarini joyladi. Kun.uz muxbiri u bilan boğlanib, karantin zonasidagi hayot haqida sözlab berişini söradi.

Avvalo aytiş joiz, quyidagilar - faqat bir hamyurtimizning fikrlari. Karantin joriy etilgan dastlabki kunlarda joylardagi şaroitlar haqida turli gap-sözlar, videolar tarqaldi. Ismi sir qolişini istagan hamyurtimizning sözlari, keltirgan suratlariga qaraganda, maxsus zonalardagi kamçiliklar tez fursatda ortiği bilan bartaraf etilgan.

30 kunlik karantin

– Istanbuldan qaytgaç, 18 martdan boşlab 16 kun Toşkent şahridagi «Nuroniy» klinik şifoxonasida karantinda böldim. Oxirgi kun ertalab 2 kişini virusologiyaga olib ketişdi. Odamlar vahimaga tuşdi. Yana 14 kun şu yerda qolişimizni taxmin qildik.

Keçki ovqatdan keyin 4ta avtobus keldi. Öşa 2 kişi yaşagan qavatdagilarni avtobusga çiqarişdi. Ular aloqada bölgan, şuning uçun olib ketişyapti, deb öyladik. Lekin avtobuslar kelişi köpaydi. Şundan söng hammamizni olib ketişlarini tuşundik. Narsalarimizni yiğişni boşladik.

Şu tariqa, 3 aprelda Örtasaroyga kelib, yana ikki hafta – 17 aprelgaça şu yerda böldik.

«Nuroniy» şifoxonasida jami 20taça palatada taxminan 2-3 kişidan joylaşgan edik. Yiğilib gaplaşib turardik. Boşqa qavatlarga aralaşmas edik. Birinçi qavatda 2ta yuviniş xonasi, 4ta hojatxona bor edi.

Şifoxonaning katta boği bor edi. Har kuni çiqib badantarbiya qilardik. Ovqatlari juda ham yaxşi edi. Menimça, ovqatlar biror töyxona yoki milliy taomlar kafesidan olib kelinardi.

Nonuştaga har xil «kaşa»lar, pişloq, saryoğ, kompot berilardi. Tuşlikda tez-tez töy oşi, salati bilan birgalikda; mastava, «solyanka» şörva. Keçki ovqatga esa befstrogan, bifşteks va qovurma lağmon... Kunora suyuq ovqat – manpar, tovuq şörva, frikadelki. Yana kefir, kisel, kompot ham berildi.

Keçki ovqatdan keyin doim şirinlik ham berilardi. Hammasidan ham hayron bölganimiz – kim yana qöşimça yeyişni xohlasa, albatta berişardi.

Örtasaroydagi hayot